Yo‘qotilgan mardlik
Bir yosh yigit keksa ayolni velosipedda urib yubordi. Uzr so‘rash, turg‘izib qo‘yish o‘rniga, yo‘lida davom etdi. Shu payt yiqilgan kampir:
– Ey bolam, narsang tushib qoldi! – deya chaqirdi.
Yigit tezda ortiga qaytib, yerdan yo‘qotgan narsasini qidira boshladi. Hech nima topolmadi. Shunda kampir:
– Ko‘p qidirma! Sen olijanobliging, mardligingni yo‘qotding. Uni hech qachon topolmaysan! Odob, hurmat-ehtirom yo‘q ekan, hayotning ham qiymati qolmaydi, – dedi.
G‘ayrat YO’LDOSH