SUG‘URTA – BOLALAR NIGOHIDA

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Sug‘urta – bolalar nigohida” rasmlar ko‘rik-tanlovi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda istiqlol yillarida mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Bu jarayonda bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan sug‘urta xizmatlari sohasi muhim o‘rin tutadi. Shu bois yosh avlodda sug‘urta madaniyatini shakllantirish, ularga ushbu xizmat turining afzalliklarini keng tushuntirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

“Kafolat” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Sug‘urta – bolalar nigohida” rasmlar ko‘rik-tanlovi bu borada yoshlarga yaqindan yordam beradi.

Tanlovda ijodiy ishlar “Sug‘urta – mening tasavvurimda”, “Sug‘urta bilan kelajak sari” nominatsiyalari bo‘yicha baholandi.

Tanlov g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: