29 mart – o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining raislari va a’zolari ishtirokida Markaziy saylov komissiyasining kengaytirilgan onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini bajarish masalalari ko‘rib chiqildi. Dastur doirasida saylov komissiyalari tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan 708 ta saylov uchastkasi zamonaviy jihozlanib, aloqa va mobil telefonlar bilan ta’minlanib, internet tarmog‘iga ulangan. Onalar va bolalar, tibbiyot xonalarida barcha qulaylik yaratildi. Saylovda ilk marta ovoz beradigan yoshlarga milliy saylov qonunchiligini keng tushuntirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilayotir.

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti binosida joylashgan 63-saylov uchastkasida 29 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Uchastka komissiyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun binoda barcha shart-sharoit yaratilgan. Zamonaviy kompyuter va aloqa vositalari, zarur mebel va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. Uchastkaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonunlar va qo‘llanmalar, chaqiruv qog‘ozlari, saylov varaqalari va saylovchilar uchun taklifnomalar yetkazib berilgan.

Yana o‘qing:  Bolalar sog‘lomlashtirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: