SEVARA – XALQARO TURNIR G‘OLIBI
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha “Tashkent March Round Robin” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz “aql gimnastikasi” ustalari bilan birga Rossiya, Belarus, Ukraina va Tojikistondan kelgan shaxmatchilar g‘oliblik uchun bahslashdi.
To‘qqiz turdan iborat musobaqada iqtidorli shaxmatchimiz Sevara Boymurodova ukrainalik Viktor Dmitriyenko, tojikistonlik Sohib Jo‘rayev, belaruslik Stanislav Sixanchuk, jamoadoshi Bahora Abdusattorova va rossiyalik Arkadiy Vulni mag‘lubiyatga uchratib, hamyurtlarimiz Vladimir Yegin va Hulkar Tohirjonova bilan durang o‘ynadi. Shu tariqa Sevara to‘qqiz imkoniyatdan 6 ochko jamg‘arib, xalqaro turnir g‘olibasi bo‘ldi va xalqaro grossmeysterlik me’yorini bajardi.
Turnir davomida biron marta mag‘lubiyatga uchramagan yagona shaxmatchi Vladimir Yegin ikki g‘alaba va yetti durang natija bilan 5,5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, to‘qqiz turning beshtasida g‘alaba va bittasida durang natija qayd etgan Gulruhbegim Tohirjonova qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.
T.ORTIQOVA