AFINADAN XUSHXABAR

Gretsiyaning Afina shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan “Aphrodite Cup – 2015” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik gimnastikachilar munosib ishtirok etdi.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, musobaqaning yakkalik bahslarida ishtirok etgan iqtidorli gimnastikachimiz Anora Davlatova tasmada mashq bajarish bo‘yicha oltin, to‘p va halqa bilan mashq bajarishda ikki kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u ko‘pkurashda bronza medal bilan taqdirlandi.

Yana bir sportchimiz Ravilya Farxutdinovaning halqada bajargan mashqlari oltin, bulava bilan namoyish etgan kompozitsiyasi kumush medalga loyiq topildi.

Guruh bahslarida qatnashgan gimnastikachilar Marta Rostoburova, Samira Amirova, Valeriya Davidova, Luiza G‘aniyeva va Zarina Qurbonovadan iborat jamoamiz ko‘pkurash bahslarida birinchi o‘rinni egalladi.

Yana o‘qing:  Xalqlarimiz do‘stligining yorqin ifodasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: