HAMJIHATLIK VA AHILLIK RAMZI

Maktab hovlisida boshlangan hashar chor-atrofga o‘zgacha chiroy baxsh etadi. Daraxtlarning bir tekisda oqlanishi bahor tarovatiga yanada ko‘rk qo‘shadi. Har bir sinf bolalari o‘zlariga bo‘lib berilgan hududga gullar va nihollarni bir tekisda ekish bilan band. Peshonadagi reza-reza terni artib belkurakka kuch berayotgan o‘g‘il bolalar va har bir gul novdasini to‘g‘rilab, yangisini ekayotgan qizlar o‘zaro hamjihatlik bilan mehnat qilishmoqda.

Ayni vaqtda ming tupdan ziyod qarag‘ay, archa kabi manzarali 150 tupga yaqin mevali daraxtlarga ega maktab bog‘ida tashkil etilgan issiqxonadagi limonlar ham hosilga kirish arafasida. 200 tupga yaqin atirgul o‘quvchilar tomonidan parvarish qilinmoqda. Ona tabiatni sevish, unga mehr qo‘yish har bir insonning burchi ekanligini bolajonlar yaxshi anglaydi. Birgina bu emas, mazkur ta’lim maskani o‘quvchilari o‘z hududlaridagi “Galatut” mahallasi obodonchiligi ishlarida ham faol ishtirok etishmoqda.

Darhaqiqat, Samarqand viloyatidagi 4-umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining hamjihatlikda o‘tayotgan dars saboqlari natijasida turli ko‘rik-tanlovlar, bilimlar bellashuvlarida o‘quvchilar faol ishtirok etib kelmoqda. Shoira Qurbonova, Sevara Hamroyeva, Shoira Tursunova, Gulnoz Yo‘ldosheva, Mehriniso Turdiyeva singari ustozlarning yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tayotgan saboqlari sabab o‘quvchilar nafaqat tumanda balki viloyatda ham yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ayni vaqtda 900 nafarga yaqin o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya olayotgan bilim maskanida barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun ta’lim maskani qoshida turli fan va sport to‘garaklari muntazam ravishda ishlab turibdi. Iqtidorli o‘quvchilar “Siz tarixni bilasizmi?”, “Prezident asarlarini o‘rganamiz” kabi ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichida faol ishtirok etishgan. Sportning futbol, basketbol, yengil atletika turlarida viloyat miqyosida bir necha bor g‘oliblikni egallagan o‘quvchilar yana yangi musobaqalarga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda.

Maktab bog‘idagi hashar yakuniga yetay deb qolgan. Gullarga berilgan shakllar, tortilgan jo‘yaklarga bir qator qilib ekilgan yangi atirgul novdalari ko‘zni quvontiradi. Maktab hovlisidagi katta bog‘da gurkirab o‘sayotgan yuzlab atirgul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlarni ko‘rib Mohira Norqulovaning diliga ajib bir shodlik inadi. Quvonmay bo‘ladimi, axir har yili mazkur ta’lim maskanidan ko‘plab qaldirg‘ochlar mustaqil hayot sari yo‘l olishadi. Maktab bag‘ridagi har bir shogirdini yashnab turgan atirgullarga qiyoslayotgan ustoz yana qaysi bir yangilikni dars saboqlariga kiritish ilinjida xayolga cho‘madi.

Yana o‘qing:  MAHALLA MASLAHATCHISI QANDAY BO‘LISHI KERAK?

Axir marhum ustozi Ra’no opa Esonovaning” Har qanday ish faqat halol mehnat va cheksiz g‘ayrat tufayli amalga oshadi. Jamoani ortingdan ergashishini istasang o‘zing birinchi bo‘lib barcha og‘irliklarga yelka tutishing, yangiliklarni hammadan ilgari anglab olishing darkor”, – degan so‘zlari hamon qulog‘i ostida jaranglab turadi.

Guljahon MARDONOVA,

Samarqand viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: