“SHODLIK” BAG‘RIDAGI SHODON BOLALAR

Zarafshon shahridagi “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari haqida ana shunday deyish mumkin

Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab musiqiy kechalar, uchrashuvlar tashkil etish va tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdik. Yaqinda muassasadagi tarbiyalanuvchilar dam­ olgan “Zolotinka” oromgohida O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ustoz san’atkor bolalar bilan ona Vatan qadri, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish mavzularida samimiy suhbatlashdi. Xonandaning istiqlol, bolalik, vafo va insoniylik fazilatlarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari yangraganda bolajonlar unga jo‘r bo‘ldilar.

Shunday onlarda bolalar qalbidagi bayramona jo‘shqinlik yuz-ko‘zla­rida aks etadi. Biz bundan quvona­miz, ularga shodlik ulashayotganimiz, ta’lim-tarbiya berayotganimizdan, o‘z ishimizdan faxr tuyg‘usini tuyamiz, – deydi muassasa direktori vazifasini bajaruvchi Gulzoda Xolmatova.

Bugungi kunda Zarafshon shahridagi mazkur “Mehribonlik” uyida tarbiyalanuvchilarning bilim va dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mavjud”Alpo­mish”, “Farhod”, “Barchinoy”,”Shirin”,”Kamalak” guruhla­rida 73 nafar turli millat farzandlari tarbiyalanmoq­da. 2 ming 435 dona kitob fondiga ega kutubxona bilimga chanqoq bolalar xizmatida. O‘qishdan bo‘sh vaqtida ular “Zardo‘zlik”, “Rassomlik”, “Yumshoq o‘yinchoq”, “Milliy raqs”, “Sport”, “To‘qish”, “Notiqlik”, “Pazandachilik” to‘garaklarida kasb-hunar o‘rganishayotgani keyingi hayot yo‘llarida muhim ahamiyat kasb etayotir.

Tibbiy hamda fizioterapiya xonalarida shifokor va hamshiralar o‘g‘il-qizlarning salomatligini mun­­tazam nazorat qilib boradilar. Joriy yilning mart oyida Muruntov qo‘rg‘oniga kelgan “Salomatlik poyezdi” tomonidan “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari uchun turli sovg‘alar va 15 xil turdagi dori-darmonlar berildi.

Yoshlarni yurtimizga mehrli, sadoqatli, bilimli bo‘lib voyaga yetishida o‘z Vatani tarixini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois yurtimizning qadimiy qadamjolariga tez-tez sayohatlar uyushtiriladi. Yaqinda tuman hokimining tashabbusi bilan “Mehribonlik” uyi jamoasi hamkorligida Uchquduq shahriga sayohat uyushtirildi. Unda bolajonlar mazkur shaharning qanday tashkil topganligi va uning tarixi haqida yanada ko‘proq bilimga ega bo‘ldilar.

Ushbu tarbiya muassasasida bolalar sportiga ham katta ahamiyat be­riladi. Turli sport muso­baqalarida faol qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelayotgan tarbiyalanuv­chilardan Husniddin Hasanov, Umidjon Eshnazarov, Rustam Goroshkolar sportning yengil atletika turi bo‘yicha shahar miqyosida o‘tkazilgan sport muso­baqasida faol ishtirok etib, faxrli o‘rin sohiblari bo‘ldi. O‘tgan yillarda “Umid nihollari” sport musobaqasida Andrian Yegorov sportning boks turi bo‘yicha qatnashib faxrli 3-o‘rinni egalladi. Sportning yana shu turi bo‘yicha shahar miqyosida o‘tkazilgan bellashuvda qatnashgan Denis Mataliyev faxrli 1-o‘rinni egalladi. Erkin kurash turi bo‘yicha viloyat miqyosida o‘tkazilgan turnirda Ali­sher Qodirovga faxrli 2-o‘rin nasib etdi.

Яна ўқинг:  Ҳамжиҳатликда ҳикмат кўп

Joriy yilda ham tarbiyalanuvchilar yozgi oromgohlarda miriqib dam oldilar. Ular turli sport va madaniy tadbirlarda faol qatnashib bir qancha medal va sovrinlar bilan qaytdilar. Jumladan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Mehribonlik” oromgohida yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazgan Aslan Narziyev sportning yengil atletika turi bo‘yicha 1-2 o‘rinlarni egallab 4 ta medal va diplom, Marianna Yegorova shaxmat bo‘yicha 2 ta medal va diplom bilan, Darya Chepchikova yengil atletika bo‘yicha 2 ta medal va diplom bilan mukofotlandi.

“Mehribonlik” uyining tarbiya­lanuv­chilari orasida iqtidorlilari ko‘plab topiladi. 2015-yil Navoiy viloyatida o‘tkazilgan “Kamalak jilosi” respublika bolalar rasmlar ko‘rik-tanlovi va ko‘rgazmaning viloyat bosqichida amaliy san’at hamda tasviriy san’at yo‘nalishlari bo‘­yicha Mushtariy Rashidova, Mari­anna Yegorova, Yelizavetta Nalimova, Artyom Shipitsin, Viktoriya Dudnikova, Sitora Yuldasheva va Fariza Kuzembayevalar faol ishtirok etib, diplom va sovg‘alar bilan qaytishdi. Ushbu tanlovning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yakuniy bosqichida qat­nashish baxti Marianna Yegoro­vaga nasib etdi. Uning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baho­landi. Marianna faxrli o‘rinni egallab diplom va sovg‘alar egasi bo‘ldi. Mari­anna Yegorova 2014-yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston bolalar nigohida” rasmlar ko‘rgazmasida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

– Men ushbu “Mehribonlik” uyi­da tarbiyalanib, 2013-yilda Zarafshondagi Tibbiyot kasb-hunar kollejining “Davolash ishi” yo‘na­lishi bo‘yicha o‘qishga kirdim. Ayni vaqtda ikkinchi kursni tugatdim. Men kabi tarbiyalanuvchilarga g‘amxo‘rlik qilayotgan, barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz, Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, – deydi Mariya Suleymanova. – “Mehribonlik” uyini o‘z uyim deb hisoblayman. Shu maskanda voyaga yetdim, ta’lim-tarbiya ol­dim, mehr ko‘rdim. Hozir ham ushbu muassasadagi ustoz­larim mendan xabar olishadi. Ular meni o‘z farzandidek ko‘rib, zarur maslahatlarini ayashmaydi. Tadbir va bayramlarga biz kabi shu yerda tarbiyalangan yigit-qiz­larni doimo taklif qilishadi. Kelajakda kollejni tugatib, tibbiyot institutiga o‘qishga kirib, xalq salomatligi yo‘lida Vatanimga sodiq xizmat qi­lish niyatidaman.

Ko‘ngil obodligi eng katta savob ishlardandir. Zero, xalqimiz bejiz “Ko‘ngil ka’badir” deb aytmagan.

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: