YAXShILIKNING UMRI BOQIY

Sadoqat va vafo kuychisi bo‘lgan shoira Zulfiyaxonim nafaqat ijodi, balki, insoniylik fazilatlari, ezgu amallari va mehr to‘la qalbi bilan ham o‘zgalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Shoira bilan tanishgan paytlarim u kishining kamtarligi va odamiylik xislatlarini o‘zida jamlaganiga guvoh bo‘lganman…

Zulfiya opa bilan yigirma yil birga ishlaganmiz. U kishining insonlarga bo‘lgan munosabati, mehribonligini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

Besh yasharligimda onamdan ayrilganman. Otam bizga ham ota, ham ona bo‘lib voyaga yetkazdi. Bizlarni uylantirib, oilali qildi. Yoshini yashab bandalikni bajo keltirganida ko‘p kasbdoshlarimiz ko‘ngil so‘rab kelishdi. O‘sha paytlarda Zulfiya opa ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi edi. Bir oyga xizmat safari bilan olis yurtga ketgan ekan. Boshimga tushgan sinoatdan xabar topgach, taniqli tarjimon Xolida Ahrorova bilan ming xijolat bo‘lib, uyimizga kirib kelganlarini sira yodimdan chiqarolmayman. Yoshimiz ulg‘aygani sari yaxshi va mehribon, sadoqatli insonlarni qo‘msayverarkan, kishi. Ularning onalarcha mehr bilan:

– Tursunpo‘latjon, ming bor uzr, men uzoq safarda edim, kecha keldim, eshitmay qolibman, bandalik, – deya Zulfiya opa mendan ko‘ngil so‘radi.

O‘sha kunni sira ham yodimdan chiqarolmayman. Xuddi onam tirilib kelib, boshimni silagandek tuyulgan. Boisi o‘sha vaqtda menga shunday dalda juda zarur edi. Darhaqiqat, Zulfiya opa har qanday vaziyatda ham birovlarning o‘y-fikrlarini bilishga, quvonchli hamda qayg‘uli damlarida unga yelkadosh bo‘lishga hamisha vaqt topa olardi. Boshqalarning g‘am-tashvishlari uchun ham birdek jon kuydirardi. Shuning uchun ham u kishi xalqning e’zoziga sazovor bo‘lgandir?!

Zulfiya opa o‘zbek xalqining tabarruk onaxoni, el ardog‘idagi shoira, vafo va sadoqat timsoli. U yana uzoq yillar insonlar qalbida abadiy yashayveradi.

Tursunpo‘lat XOLMUHAMEDOV,

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist

Yana o‘qing:  CHEVARLAR SULOLASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: