Sog‘liqni saqlashda muhim jarayon
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 27-oilaviy poliklinikada tashkil etilgan tadbirda oltmish nafarga yaqin aholi, dispanser nazoratidagilar chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda tuman markaziy poliklinikasi mutaxassislari bilan bir qatorda Toshkent shahar onkologiya dispanserining malakali shifokorlari ishtirok etdi.
– Oilaviy poliklinikamiz yigirma to‘qqiz mingga yaqin aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi, – deydi 27-oilaviy poliklinika bosh shifokori o‘rinbosari Diyora Nortoyeva. – Turli kasalliklarning oldini olish va oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu vazifalarni bajarishda an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan tibbiy-profilaktika ko‘riklari va skrining tekshiruvlarining ahamiyati katta. Bunday tadbirlar kasalliklarni barvaqt aniqlash va vaqtida davolash, aholining o‘z salomatligi uchun mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
V.PO‘LATOVA