SPORTCHILARIMIZ G‘ALABASI

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy “Stranja” xalqaro turnirida bokschilarimiz munosib ishtirok etib, 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Turnirda o‘ttizdan ziyod davlatdan ikki yuz nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Hamyurtlarimiz Abdulla Qo‘chqorov, Shahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliyev, Rustam To‘laganov va Bektemir Meliqo‘ziyevlar barcha raqiblaridan ustun ekanliklarini namoyish etib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Elshod Rasulov, Fazliddin G‘oyibnazarov va Bahodir Jalolov kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Isroil Madrimov bronza medaliga loyiq topildi. Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Polshaning Varshava shahrida dzyu-do bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bitta oltin va bitta kumush hamda uchta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Sharofiddin Lutfullayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Diyorbek O‘rozboyev musobaqaning kumush medali bilan taqdirlandi.

Hamyurtlarimizdan Rishod Sobirov, Sharofiddin Boltaboyev va Sherali Jo‘rayev o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.

Muhabbat TOJIYEVA

Yana o‘qing:  E’ZOZ VA E’TIROF AYYOMI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: