BOLA VA MUTOLAA

Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bog‘liq. U insonni komillik sari yetaklaydi. Darhaqiqat, bu ma’naviy sarchashma farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi, nutqini o‘stirib, xotirasini mustahkamlaydi. Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o‘rni muhim. Hamma asrlarda bo‘lgani kabi ayni davrda ham yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos. Kitob o‘qigan bola o‘z bilimi, dunyoqarashi, ruhiyati va manaviyatini boyitib, olamni teran anglay boshlaydi. Hayot va go‘zallikni qadrlashni, ajdodlarimiz merosini asrab-avaylashni o‘rganadi.

O‘zbek oilalarida kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylash va kitobxonlik qadimiy an’analardan biri bo‘lib, xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutib kelmoqda.

Bolam kitobxon bO‘lsin desangiz

Barchamiz yoshligimizdan turli ertaklarni eshitib va o‘qib katta bo‘lganmiz. Bolaga yaxshi xislatlarni so‘z bilan singdirish juda yaxshi samara beradi. Shuning uchun farzand tug‘ilishi bilanoq unga alla aytiladi. Bolaga kechki uyqudan oldin turli ertaklar aytib, kitoblar o‘qib berish asnosida uning mutolaaga bo‘lgan qiziqishi oshadi. Bola kitobni sevishi uchun ota-onasining mutolaaga mehri baland bo‘lishi lozim. Buning uchun uyda kitob ko‘p bo‘lsa, ayni muddao. Agar uyga kitob olib kelib, oilada o‘qilsa, farzandlar, albatta, bu an’anani davom etiradi. Kishi bolalikdan kitob o‘qishni odat qilmas ekan, keyinchalik ham kitobga qiziqishi qiyin. Shuning uchun, bizning vazifamiz bolalar qalbida unga mehr uyg‘otishdir.

Kitobxonlikni oilamizdan boshlashimiz kerak. O‘sib kelayotgan bolaning sog‘lom voyaga yetishi va ma’naviy yetuk bo‘lishida oilaviy muhit muhim o‘rin tutadi. Darhaqiqat, har bir ota-ona farzandi sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi, o‘qishi, hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, ilm olishi uchun doimiy harakatda bo‘lmog‘i lozim. Komil farzandni tarbiyalash uchun hech qanday jihatni nazardan chetda qoldirmaslik zarur. Unutmaylik, sog‘lom bola ona Vatanning ishongan tayanchidir.

Xonadonlarimizda farzandlarimiz zo‘r qiziqish bilan o‘qiydigan “O‘zbek xalq ertaklari”, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” dostonlari, “Odam va olam ensiklopediyasi”, “Bolalar ensiklopediyasi” va jahonga mashhur kitoblar o‘rin olsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Bugun kompyuter, televizor, uyali telefoning ko‘pgina salbiy ta’siridan farzandlarimizni ajratib ololmaymiz. Demak, yoshlarimiz butunlay texnika ta’siriga tushib qolmasliklari uchun yagona yo‘l – bu kitob hisoblanadi. Bolani fikrlashga, mushohada qilishga o‘rgatish bizning asosiy maqsadimiz.

Yana o‘qing:  KICHKINTOYINGIZ MAKTABGA TAYYORMI?

2000 dan ortiQ nomdagi adabiyotlar

“Bolalar kitob o‘qimay qo‘ygan”, “Kitobning narxi baland”, “Yoshlar mutolaaga qiziqmaydi” degan fikrlar qulog‘imizga tez-tez chalinib turadi. Menimcha, bunday emas. Kitob do‘konlarida kitobga oshno tutingan yoshlarni ko‘p uchratamiz. Ba’zida ayrim salbiy holatlar ham uchrab turadi. Masalan, kitob do‘konlarida aksariyat kishilar kitobning o‘ziga emas, orqa muqovasiga – narxiga qaraydi: qimmatroq tuyulsa, sotib olmaydi. Biroq, kitobdan boshqa narsalarga pulni ayamaydi.

Bugungi kunda do‘konda istalgan mavzudagi kitob topiladi, narxi ham hamyonbop. Yurtimizda turli mavzulardagi kitoblar yetarli darajada chop etilyapti. Bugungi kitoblarimizning sifati va saviyasi jahon andozalaridan qolishmaydi.

Hozirgi paytda mamlakatimizda 100 dan ziyod nashriyot, tashkilot va ilm-fan muassasalari huzurida 50 ga yaqin noshirlik bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Nashriyotlarimiz tomonidan har yili 2000 dan ortiq nomdagi adabiyotlar nashr etilmoqda. Aholining kitobga bo‘lgan talab va ehtiyoji esa yildan yilga oshib borayotir.

Respublikamizda faoliyat olib borayotgan nashriyotlar, matbaa korxonalari hamda kitob savdosi tashkilotlarining mahsulotlari keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, onalarning bolalari uchun ertak hamda badiiy kitob xarid qilayotgani juda quvonarli. Farzandlarimizni kitobning inson hayotida nechog‘li o‘rni katta ekanligini har daqiqada his etib yashashga o‘rgatishimiz zarur. Chunki, badiiy asar o‘qigan bola qahramonlarining boshidan kechirgan voqea-hodisalarni tahlil qilish orqali dunyoni anglaydi, fikrlashga o‘rganadi.

Ertak kitoblarni qiziqib o‘qish, undagi rangli suratlarni miriqib tomosha qilish bolajonlarimizning sevimli mashg‘ulotlaridan biridir.

Bu yil farzandlarimiz uchun nashriyotlarimizda ertak kitoblar, topishmoqlar va ingliz tilidan saboq beruvchi darsliklar ko‘plab chop etilmoqda. Bolalarga atrof-olamni idrok etish, ularni milliy qahramonlar, o‘zbek xalqi va boshqa xalqlarning dostonlari, eposlari, ertaklari personajlari misolida ezgulik va adolat tushunchalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bilim beruvchi, aqlan rivojlantiruvchi asarlar yaratilib, bolajonlarga taqdim etildi.

Ma’naviyat BULoG‘i

Kitob – tafakkur qanoti. Bu qanot mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kitobga bo‘lgan qiziqish kitobsevarlarni kutubxona tomon chorlaydi. O‘quvchilarda kitobga muhabbat uyg‘otish, ularning kitobxonligini oshirishda kutubxonaning roli ham katta, deb o‘ylayman.

Kutubxona – ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i. O‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga, kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatning oshishiga xizmat qiladi. Har bir inson kutubxonalar ma’naviyat xazinasidan, bu cheksiz imkoniyatidan iloji boricha ko‘proq foydalanishi, o‘zining, o‘zgalarning hayotini boyitishi mumkin.

Yana o‘qing:  Mutolaa madaniyati

Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir.

Kitob-ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish nafaqat bizni ma’nan yuksaltiradi, balki jahonni tanitadi, ezgulikka yetaklaydi.

Mahfuza ABDURAIMOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: