29 MART – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI KUNI
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining IX quriltoyi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Markaziy Kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari, XDPdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ko‘rsatilgan Hotamjon Ketmonov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtiroki munosabati bilan partiya tashkilotlarining tashkiliy va siyosiy vazifalari to‘g‘risida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasining IV s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ushbu partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Akmal Saidov “Ona Vatanimizning milliy manfaatlari yo‘lida fidokorona xizmat qilish – bizning asosiy g‘oyamiz” mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 2 mart kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Narimon Umarov 2 mart kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.