BOBOM YASAGAN BESHIK

Zavqdan jo‘shib, ham baralla,

Momolarim aytar alla,

Mehr bunyod etgan qal’a,

Bobom yasab bergan beshik.

Deyishadi jannat uyi,

Taraladi bir xushbo‘yi,

Usiz o‘tmas elning to‘yi,

Bobom yasab bergan beshik.

Jajji, murg‘ak yurak urar,

Unib-o‘sib shodon yurar,

Bobomni yod etib turar,

Uyimizda turgan beshik.

Orastabonu TILOVBERDIYEVA,

“Nafis g‘unchalar” to‘garagi a’zosi

Яна ўқинг:  Куёв ҳам ўғил ҳисобланадими?

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: