XAVFLI KASALLIKLARGA QARSHI MUSTAHKAM TO‘SIQ

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida Qrim-kongo gemorragik isitmasi profilaktikasi va tarqalishiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur xavfli kasallikning yuqish yo‘llari, alomatlari va profilaktikasiga doir masalalar muhokama qilindi.

Mamlakatimizda xavfli virusli kasalliklar, jumladan, Qrim-kongo gemorragik isitmasining oldini olish va tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu vazirlik mutaxassislari mamlakatimiz bo‘ylab karantin va o‘ta xavfli infeksiyalarning paydo bo‘lishi va chetdan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarni o‘rganib chiqdi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha zooantroponoz yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishni yanada kuchaytirishga imkon beradigan tadbirlar rejasi tuzildi.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  ONA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: