Yurak xuruji xavfini hisoblovchi kalkulyator yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati olimlari tomonidan o‘tkir Q-to‘lqinli miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda nomaqbul oqibatlar xavfini hisoblovchi kalkulyator dasturi ishlab chiqildi.
Yurak xurujida miokardi – yurak ishemik kasalliklarining klinik bir turi bo‘lib, u o‘ta xavfli sanaladi. Aytish lozimki, kerakli davo choralari o‘z vaqtida qo‘llanilmasa ushbu kasallik o‘lim bilan yakun topishi mumkin. Dastur mualliflari R.Qurbonov, G. Mullabayeva, Yu.Kevorkova, A.Qilichev va N.Sayfitdinovlarga ushbu dastur uchun guvohnoma berildi.
Mazkur kalkulyator o‘tkir Q-to‘lqinli miokard yurak xurujini boshdan o‘tkazgan bemorlarda mazkur xastalikdan to‘satdan vafot etish, qaytadan miokard yurak xuruji va surunkali yurak xurujining rivojlanish xavfini oldindan bilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu kalkulyatordan kardiologiya sohasida foydalaniladi.