OILA MUSTAHKAMLIGI – MATBUOT KO‘ZGUSIDA

Yaqinda O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF bilan hamkorlikda “Shodlik-Palas” mehmonxonasida “Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalarini yoritishda OAVning roli” mavzuida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar-trening 2012-2013 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston OAVlarining oila institutini mustahkamlash masalalarini ilgari surish bo‘yicha salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Seminarning maqsadi – bosma OAV jurnalistlari va muharrirlarining keng jamoatchilikka “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizdagi fuqarolik institutlari ishtiroki hamda unda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini – oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, rivojlanishi va mustahkamlanishiga doir chora-tadbirlarni yetkazishda bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Tadbir davomida jurnalistlarga O‘zbekistonda bola huquqlarini ta`minlash masalalari ustuvor ahamiyatga egaligini e`tiborga olib, OAVning aholi huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, bola huquqlari sohasidagi milliy qonunchilik va xalqaro huquq, jumladan, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyani o‘rganish borasidagi faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan hamda mazkur mavzuda materiallar tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari, ma`lumot manbalari bilan ishlash, jurnalistlarning ushbu mavzuga doir odob-axloq me‘yorlari bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

Seminar mashg‘ulotlari sohaning yetakchi mutaxassislari, xorijiy ekspertlar hamda amaliyotchi jurnalistlar tomonidan olib borildi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  O‘YINLAR ORQALI DUNYONI ANGLASH

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: