“SOG‘LOM AVLOD UCHUN” SPORT MUSOBAQALARI

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi har yili an`anaviy tarzda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi, O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasi shahar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘smirlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi kubogi uchun respublika turnirini o‘tkazib kelmoqda.

Yakunlanayotgan oyida Toshkent shahrining barcha tumanlarida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligi” munosabati bilan 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan edi. Tuman bosqichlarida 100 nafarga yaqin o‘smirlar bu sport turi bo‘yicha o‘z kuchini, mahoratini va iste‘dodini namoyish etdilar va tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘smirlar shahar bosqichi musobaqalarida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Yunusobod tumanidagi 17-sonli maktabda ushbu turnirning VIII shahar bosqichi o‘tkazildi. Bu musobaqaga tumanlarda g‘olib bo‘lgan 4 nafardan qatnashchi ishtirok etishdi.

Turnirning asosiy maqsadi o‘smir bolalar va qizlarni jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lishlari, ular o‘rtasida sport turlarini ommaviylashtirish, iqtidorli o‘smirlarni qo‘llab-quvvatlashdir. Musobaqa so‘ngida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining Toshkent shahar tayanch maskani tomonidan turnirda ishtirok etgan har bir qatnashchi va g‘oliblarga diplom hamda faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan 4 nafar o‘g‘il qizga stol tennisi bo‘yicha turnirning respublika bosqichida qatnashish uchun yo‘llanma berildi.

Mayna HASANOVA

Яна ўқинг:  ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: