NAFOSAT GULSHANIN MIRZOSI

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Bobur tavalludining 532 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Nafosat gulshani” nomli adabiy-badiiy kecha yosh avlodni ulug‘ bobomizning ezgu tushunchalar teran mushohada etilgan bebaho asarlaridan bahramand etish, shu orqali ularning tafakkur va ma’naviyati, badiiy-estetik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bobur butun umri davomida Vataniga bo‘lgan muhabbatini qalbida saqlagan. “Charxning men ko‘rmagan javru jafosi qoldimu?! Xasta ko‘nglum chekmagan dardu balosi qoldimu?!”, deya oh urgan. Ulug‘ ajdodimiz ruhi bugungi avlodlar tomonidan shod etilmoqda. Uning dilbar shaxsiyati, chinakam nafosatga yo‘g‘rilgan ijodiga katta hurmat-ehtirom ko‘rsatilayotir. Mutafakkir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bobur xalqaro jamg‘armasi Bobur va boshqa buyuk allomalarimizning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni jamlash, xorijda saqlanayotgan noyob asarlarni izlab topish va ularni yurtimizga qaytarishdek xayrli ishlarda faol ishtirok etmoqda.

Istiqlol yillarida ulug‘ ajdodimizning ijodi umumta’lim maktablari, kollej va litseylar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlarida keng o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, shoir merosi bastakor va xonandalar, sozandalar, musavvirlar uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai bo‘lib xizmat qilayotir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O‘zbek xalqining dovrug‘ini dunyoga taratgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri o‘laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o‘rgatadi.

B.HALIMOV

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTONDA ShAXMAT FESTIVALI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: