XAYRLI SAYOHAT

Yurtimizda olib borilayotgan siyosatning muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan ijtimoiy himoya masalasi jadal sur`atlar bilan amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizning turli hududlaridagi kam ta‘minlangan va ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamlariga yordam berish maqsadida Toshkent vokzalidan Samarqand shahriga Olmazor, Chilonzor, Sergeli, Bektemir, Uchtepa tumanlarida istiqomat qiluvchi kam ta‘minlangan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning jami 100 nafar 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalari (shulardan 15 nafari imkoniyati cheklangan bolalar) “Toshkent -Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha bepul bir kunlik sayohatga yuborildi. Sayohat davomida bolajonlar Samarqandning diqqatga sazovor qadamjolarini ziyorat qilishdi.

Bu kabi xayriya tadbirini o‘tkazishidan maqsad yoshlarda Vatan tuyg‘usini shakllantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yurtimiz tarixi bilan yaqindan tanishtirish, ota-bobolarimizdan qolgan tarixiy obidalarni asrab-avaylash,maktab o‘quvchilaridan iborat. Bolajonlar tarixiy obidalarni ziyorat qilib, katta taassurotlar bilan Samarqand — Toshkent yo‘nalishida poytaxtga qaytishdi.

Ma`rifat TOLIPOVA

Яна ўқинг:  OILA MUSTAHKAMLIGI – MATBUOT KO‘ZGUSIDA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: