O‘ZIMIZNING IXTIRO

Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi xodimi S.Perfilyev umurtqa pog‘onasi shikastlarini davolash uchun qurilma ixtiro qildi.

Qurilmadan travmatologiya va neyrojarrohlikda, umurtqa pog‘onasi shikastlari va kasalliklarini davolash uchun foydalanish mumkin. Uning vazifasi suyak tuzulishi zaif bo‘lgan umurtqa pog‘onasi shikastlarini davolash hisoblanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, barcha tayanch-harakat tizimi shikastlarining 17 foizi umurtqa pog‘onasi shikastlari tashkil etadi. Umurtqa pog‘onasi shikastlarini asoratli va asoratsiz turlarga bo‘lish mumkin. Asoratsiz jarohatlanganda orqa miya va uning ildizi lat yemaydi, shikastning falaj, sezgi a’zolarining buzilishi hamda qo‘l va oyoqdagi og‘riqlar bilan kuzatilishi umurtqa pog‘onasining asoratli lat yeyishi hisoblanadi.

Farhod BEK

Yana o‘qing:  Olma po‘chog‘i ozishga yordam beradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: