BIRINCHI BO‘LISH BIZLARGA YARASHADI
Angliyaning Birmingem shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro “1st 4NCL Congress Open” turniri o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shveysarcha tizimda besh turdan iborat turnirda hamyurtimiz Jemi Xorton, Zivil Sarakuskin, Tamas Fodor va Jeyms Jeksonni mag‘lubiyatga uchratib, Lyuis Martin bilan durang o‘ynadi va 4,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.
T.ORTIQOVA