TEMURDAN OLTIN MEDAL

Tailandda davom etayotgan velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida hamyurtimiz Timur Gumerov oltin medal sohibi bo‘ldi.

Iqtidorli velosportchimiz trek yo‘nalishining ko‘pkurash bahslarida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va qit’a chempionligi bilan birga 2016 yili Braziliyada o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.

Yoshlar o‘rtasidagi musobaqada qatnashgan yana bir hamyurtimiz Dilmurod Siddiqov qit’a chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi. Chempionat 14 fevralga qadar davom etadi.

Yana o‘qing:  Oqil Sobirjonov sovrindor bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: