MUVAFFAQIYATLI TAYYORGARLIK
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Polshadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Joriy yilgi sport mavsumi yengil atletikachilarimiz uchun o‘ta mas’uliyatlidir. Chunki, atletlarimiz 2016 yili Braziliyada bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi qator nufuzli musobaqalarda ishtirok etadi.
Mazkur xalqaro turnirning uzunlikka sakrash bahslarida 7,17 metr natija qayd etgan atletimiz Aziz Omonov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ruslan Qurbonov 7,15 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Xotin-qizlar o‘rtasida kechgan bahsda Anastasiya Juravlyova 6,11 metrga sakrab, kumush medal bilan taqdirlandi.