TABIIY DORI VOSITALARI AFZALMI YOKI SUN’IYSI?

Zichlangan Hapdori (tabletka)larning olinish usuli

Ona tabiatda turfa kasalliklar shifosi uchun dorivor giyohlar mavjud. Ammo ularni ham tajribali va malakali, hamda tibbiy savodxon xalq tabibi yoki ziyoli dorishunoslar, shifokorlar maslahatisiz iste’mol qilish mumkin emas. Chunki, bir qarashda bezarar ko‘ringan shifobaxsh o‘t-o‘lanlarning ham o‘ziga yarasha “injiqlik”lari bor. Ya’ni, har kimning organizmi o‘ziga xos xususiyatga ega. Birovga ijobiy ta’sir etgan tabiiy dorivor vosita ba’zilarga aks ta’sir etib, dardini yanada og‘irlashtirishi mumkin. Sun’iy usulda yaratilayotgan dori-darmonlar haqida aytmasa ham bo‘ladi. Ularni aslo mutaxassis maslahati va tavsiyasiz iste’mol qilish mumkin emas. Sababi har bir sun’iy dori vositasida qanday kasalliklarda qo‘llash mumkin emasligi va uning miqdori (dozasi) hamda necha yoshgacha qabul qilish mumkinligi haqida yo‘riqnomada batafsil bayon etilgan. Quyida biz ayrim hapdori (tabletka)larni sanoat usulida olinishi xususida qisqacha ma’lumot berishni lozim deb o‘ylaymiz.

Har qanday tabletka dori turi bosim ostida olinadi. Bu esa bosim ta’sirida qanday o‘zgarishlar yuz berishini tushintirishni taqozo etadi. Yuqori bosim ostida moddaning hajmi keskin kamayadi va natijada uni xossasi ham o‘zgaradi. Masalan, ularni elektr o‘tkazuvchanligi oshadi, yuqori bosim ostida dielektriklar ham metallik xossasini namoyon etadi. Keyingi vaqtlarda dorilar texnologiyasini rivojlanishi, metallar, silikatlar va plastmassa texnologiyasini rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Bu sohani rivoji oziq-ovqat sanoatida o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. Ushbu yutuqlarning farmatsevtika sanoatida ham qo‘llanilishiga hech qanday shubha yo‘q.

Tabletka (hapdori) – qattiq dozalarga bo‘lingan dori turi bo‘lib, unga dispers muhitsiz o‘zaro bog‘langan tizim deb qaralsa bo‘ladi. Qattiq jismni har bir zarrachasini o‘ziga xos mexanik xossalari bo‘ladi, ya’ni qovushqoqlik, qayishqoqlik, elastiklik va qattiqlik. Bu xossalar zarrachalarni deformatsiyaga qarshilik darajasini belgilaydi. Qattiq jismlarni bu xossalari o‘z navbatida moddani tuzilishiga, molekulalar kuchining katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Kukunlarda zarrachalarni bir-biriga tortilishi mexanik va elektrostatik kuchlar hisobiga amalga oshiriladi. Presslanmagan (zichlanmagan) kukunlar zarrachalari orasidagi masofa katta bo‘lganligi sababli elektrostatik kuchlar kichik ravishda kuzatiladi. Zarrachalararo elektrostatik kuch ulardagi atomlar soniga proporsional bo‘ladi. Presslash jarayonida zarrachalar bir-biriga yaqinlashishi bilan molekulalararo kuch ko‘payadi va zarrachalar o‘zaro birikadi.

Yana o‘qing:  Oqqon qanday dard?

Dori moddalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olish katta amaliy va nazariy ahamiyatga ega. To‘g‘ridan-to‘g‘ri zichlab tabletka olishda texnologik bosqichlar bir muncha qisqaradi. Substansiya namlik va harorat ta’siriga uchramaydi. Iloji boricha yordamchi moddalar qo‘shilmaydi yoki oz miqdorda qo‘shiladi. Bu esa energiya tejamkorligiga, texnologik jarayonni soddalashuviga olib keladi. Bu chora-tadbirlar katta iqtisodiy samara beradi va mahsulotning tannarxini arzonlashuviga ko‘maklashadi. Eng muhimi farmatsiyaga oid ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab olingan tabletkalarning biosamaradorligi nam donadorlash orqali olinganiga qaraganda biologik ta’siri yuqoriligini ko‘rsatdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olish uchun dori moddasi ijobiy texnologik xossalarni namoyon etishi, dozasi 0,05 g dan kam bo‘lmasligi va suvda yaxshi erishi kerak.

Umuman olganda moddalarni texnologik xossalari ko‘p jihatdan zarrachalarining tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda to‘g‘ridan to‘g‘ri presslashning uch xil usuli bor. Zichlangan moddani sochiluvchanligini yaxshilovchi yordamchi moddalarni qo‘shish, moddani qolipga majburan uzatish va maqsadga muvofiq zarrachani sintez qilish zarur. To‘g‘ridan-to‘g‘ri zichlab tabletka olishda moddani zarrachalarining kattaligi, sochiluvchanligi, qoldiq namlik va boshqa xossalari katta ahamiyatga egadir.

Masalan, natriy xloridni to‘g‘ridan-to‘g‘ri zichlab tabletka olish uchun uzunchoq shakldagi zarrachalar maqsadga muvofiq bo‘lib, sharsimon zarrachalarni presslash ancha qiyin bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olishni keng tarqalgan usullaridan biri moddaning sochiluvchanligini yaxshilovchi yordamchi moddalar qo‘shishdir.

Tabletkalar dumaloq yoki boshqa shaklga ega bo‘lishi, yassi yoki ikki tomonlama qabariq yuzali, chetlari butun bo‘lishi kerak. Agar hapdori ko‘rsatmasida boshqa qo‘shimcha ma’lumot bo‘lmasa, tabletkaning yuzasi silliq, bir jinsli bo‘lishi kerak. Ba’zi hollarda yuzasida yozuvlar va belgilar bo‘lishi mumkin. Diametri 9 mm va undan katta bo‘lgan tabletkalar o‘rtasida chiziqcha bo‘lishi kerak.

D.MUHIDDINOVA

1-Respublika tibbiyot kolleji “Farmatsiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: