XALQARO MUNOSABATLAR RIVOJLANMOQDA

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan xalqaro hamjamiyatni ayollar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlardan xabardor etish, xorijiy tajribani o‘rganish, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish doirasida 2014 yilda o‘tgan yillarga solishtirganda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ushbu tizimda xalqaro munosabatlar doirasida 2014 yil davomida olib borilgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillariga hisobot berildi.

Bu borada O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining NNT faoliyatini muvofiqlashtirish guruhi rahbari D. Olimjonova ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan chet davlatlarga xizmat safariga yuborilgan hamda xalqaro loyihalar asosida faol ishtirok etgan vakillarning ma’lumotlari asosidagi taqdimotlari namoyish etildi.

Sentyabr-oktyabr oylarida Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Xotin-qizlarni kasbiy tayyorlashga ko‘maklashish va rivojlantirish” deb nomlangan 16 kunlik seminar-treningda Toshkent viloyati Agrar universitetining Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi S.Solihova ishtirok etib, 12 ta mamlakatdan kelgan 23 nafar vakil o‘rtasida “Eng yetakchi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

– Seminar-trening davomida biz Koreya tarixi, iqtisodiy rivojlanishi, bunda ayollarning mehnati va hissasi, xotin-qizlarga oid ishlar va davlat siyosati bilan yaqindan tanishdik. “Qizlar maktabi” va universiteti, ayollar markazlaridagi o‘qish jarayonlari bilan qiziqdik hamda o‘rgatilayotgan xizmat ko‘rsatish kasblari ma’lum ma’noda ilmiy asoslanganligining guvohi bo‘ldik, – deydi S.Solihova. – Bizning mamlakatimizdagi holat bilan seminar qatnashchilarini tanishtirdik. Yurtimizda 12 yillik majburiy ta’lim joriy etilganligi, unda o‘g‘il va qiz bolalarning teng bilim olishlari hamda oxirgi uch yillikda kasbiy ta’limga ega bo‘lib, mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari haqida gapirdik. Ayniqsa, 22 yoshgacha bo‘lgan yosh iqtidorli qizlarimizning turli yo‘nalishlardagi muvaffaqiyati uchun berilayotgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining joriy etilgani haqidagi ma’lumot Pokiston, Bangladesh va boshqa bir qancha Markaziy Osiyo davlatlari vakillari, trening tashkilotchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: