NIKOH ShARTNOMASI mulkiy munosabatlarni tartibga soladi

Oilamdagi ba’zi bir nizolar tufayli turmush o‘rtog‘im bilan ajrashmoqchiman. Shuningdek, o‘zimga tegishli mol-mulkni ham qaytarib olmoqchiman. Ammo, turmush o‘rtog‘im bunga rozi bo‘lmayapti. Nikoh shartnomasini bir tomonlama bekor qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish mumkinmi?

Odina BERDIYEVA,

Toshkent shahri

Nikoh shartnomasida er va xotinning birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga (ya’ni, er-xotinning umumiy mulki), er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 31-moddasiga asosan nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Er va xotin nikoh shartnomasida o‘zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olishga, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olishga, shuningdek, nikoh shartnomasiga er va xotinning mulkiy munosabatiga oid boshqa qoidalar kiritishga haqli.

Nikoh shartnomasi er-xotinning huquq yoki muomala layoqati, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni, er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni, er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi.

Ushbu shartnoma er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.

Unda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. U er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi”da belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluvchi qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilgandan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.

Nikoh shartnomasi sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi”da nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘la yoki qisman haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. Nikoh shartnomasining shartlari ushbu Kodeksning 31-moddasi beshinchi qismining talablariga zid kelsa, sud er-xotindan birining talabiga binoan nikoh shartnomasini to‘la yoki qisman haqiqiy emas, deb topishi mumkin.

Yana o‘qing:  MAHORAT MAKTABI yosh tarjimonlarni kashf etmoqda

Sabohat ESHMANOVA,

Toshkent shahri Chilonzor tumani FHDYo bo‘limi mudirasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: