AYOLLAR UCHUN MASLAHAT MARKAZI
Samarqand shahar xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida “Ayollar maslahat markazi” o‘z faoliyatini boshladi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator N.Rabbimova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy muhofaza qilish, ularning ijtimoiy mavqeini yuksaltirishga izchil e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Har yili qabul qilinayotgan davlat dasturlarida mazkur yo‘nalishlarda ustuvor vazifalar belgilanib, zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Joylarda ayollar maslahat markazlarining tashkil etilishi ham ana shu e’tibor samarasidir.
Markazda tuman va shahar xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, sog‘liqni saqlash va Adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazilib, shu kabi muassasalarni boshqa hududlarda ham tashkil etish borasidagi ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
I.XUDOYQULOV