OLMA YeNG, SOG‘LOM BO‘LASIZ

Olmaning foydalilik jihati uning rangiga ham bog‘liq. Masalan, qizil yoki sariq rangli olmani ko‘pchilik xush ko‘radi. Ammo tibbiy nuqtai nazardan qaralganda ko‘m-ko‘m va nordon olma shifobaxsh hisoblanadi. Ko‘k olma tarkibida biz yuqorida qayd etgan pektin moddasi mo‘l, qand moddasi esa kamligi bois benazirdir.

Bu mevani turli xil kasalliklarda o‘ziga xos tayyorlab yeyish tavsiya etiladi. Olma mevasining qon harakatini maromiga solishi, parishonxotirlik, miya horg‘inligini ketkazishi e’tirof etiladi. Podagra va dizenteriya kasalliklarida olmali parhezning foydasi tajribada sinalgan.

Uning po‘stlog‘i tarkibida ovqatni hazm qildiradigan foydali moddalar mavjud bo‘lgani bois, uni po‘sti bilan yeyish lozim. Semizlik, qandli diabet, qabziyat kasalliklarida ham bu meva nihoyatda foydali. Faqat bolalarda chaynash refleksi to‘laqonli shakllanmaganligini nazarda tutib, ularga olmaning po‘stini archib berish tavsiya etiladi. Olmani pyure shaklida iste’mol qilinsa, me’da-ichak faoliyatini yaxshilaydi.

Olmaning aqlni charxlashga xizmat qiladigan xususiyati ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lsa kerak. Buning uchun 150 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan olmaga yarimta apelsin sharbatini qo‘shib, uni 10 dona chaqilgan yong‘oq mag‘zi bilan aralashtiriladi. Yong‘oqlar o‘rniga bir necha qoshiq olxo‘ri mevasi, apelsin o‘rniga limon sharbati va unga teng miqdorda asalni aralashtirish mumkin. Mazkur aralashmani kun davomida iste’mol qilib turiladi.

Olmaning danagi ham foydali bo‘lib, unda yod mekroelementi miqdori nihoyatda ko‘p. 5-6 dona olma urug‘i kishi organizmini 1 haftalik yod moddasi bilan ta’minlay oladi.

Zulfiya OTABOYEVA

Yana o‘qing:  PNEVMOKOKK INFEKSIYASI HAQIDA OGOHLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: