OTA-ONALARGA YANGI QO‘LLANMALAR
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 486-maktabgacha ta’lim muassasasida M.Fayzullayeva va M.Rustamova muallifligida 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasiga tayyorlash uchun yaratilgan 5 ta suratli qo‘llanmasining taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur qo‘llanmalar maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarning ota-onalari uchun yaratilgan bo‘lib, qo‘llanma asosida ota-ona oilada o‘z bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash asnosida nutqni o‘stirish, o‘qish va savodga tayyorlash, elementar matematika bilimlariga tanishtirishga muvaffaq bo‘ladilar. Chunki, bu qo‘llanmalarga slaydlar, suratli ko‘rgazmalar, nasriy va she’riy asarlar, bolalarning yoshiga mos ertak va rivoyatlar hamda hikoyalar kiritilgan.
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tomonidan umumta’lim maktablari kutubxonalariga taqdim etilgan ushbu qo‘llanma MTMlar va ota-onalarning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlabgina qolmay, balki bolajonlarning tez va sifatli ta’lim tizimi bilan tanishishlarida muhim metodik yondashuv bo‘lishi shubhasiz.
Maryam AHMEDOVA