SAYLOV JARAYONI XABARLARI

29 mart – O‘zbekiston respublikasi prezidentligiga saylov kuni

Toshkentda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining raislari va a’zolari, shuningdek, hududiy matbuot markazlari rahbarlari uchun tashkil etilgan seminar-trening boshlandi.

Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi faoliyati bilan ham tanishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasida jurnalistlar uchun brifing o‘tkazildi. Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 867 saylov uchastkasi, ushbu siyosiy jarayonni yoritish bo‘yicha viloyat matbuot markazi tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrugida ham saylovni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Okrug saylov komissiyasi raisi, o‘rinbosari, kotibi va okrug saylov komissiyasi a’zolari faoliyat ko‘rsatishi hamda matbuot xizmati uchun alohida xonalar mavjud bo‘lib, ular zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-6)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: