YANA TO‘RT ISHTIROKCHI MA’LUM

Shu yilning 30 may – 20 iyun kunlari Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U-20) jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalardan yana to‘rttasining nomi ma’lum bo‘ldi.

Kuni kecha KONKAKAF (Shimoliy Amerika) mintaqasida U-20 yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionati yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, musobaqaning kuchli to‘rtligiga kirgan jamoalar – Meksika, Panama, Gonduras hamda AQSH terma jamoalari Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, ayni damga kelib, U-20 Jahon chempionatida ishtirok etadigan 16 ta jamoa ma’lum bo‘ldi. Bular Osiyo qit’asidan O‘zbekiston, Qatar, Myanma, KXDR, Yevropadan Avstriya, Germaniya, Vengriya, Portugaliya, Serbiya, Ukraina, Okeaniya davlatlaridan Fidji hamda mezbon sifatida Yangi Zellandiya davlatlari ishtirok etadi.

Jahon chempionati final bosqichida ishtirokchilar nomi 22 mart kuni aniq bo‘ladi. Boisi, KONMEBOL hamda Afrika qit’alarida U-20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionati bahslari o‘tkazilmagan.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  500 MILLION SO‘MGA YAQIN MABLAG‘ EVAZIGA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: