ZULFIYAXONIMNING OLIMA QIZLARI

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining respublika anjumaniga tayyorgarlik doirasida mukofot egalari bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazilib, ularning faoliyati, ijodi monitoring qilib borilmoqda.

Shu maqsadda “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida sport yo‘nalishidagi sovrindor qizlarning yutuqlari taqdimotiga bag‘ishlab “Obod yurtning baxtli qizlari” mavzuida, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasida tasviriy san`at yo‘nalishida ijod qilayotgan sovrindorlarning “Suratlarda Vatanim madhi” mavzuidagi ko‘rgazmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiyot yo‘nalishida Zulfiya mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlarning “Seni kuylayman, Vatan” mavzuidagi mushoirasi bosqichma-bosqich o‘tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir esa joriy yilning 14-avgust kuni Mustaqillikning 21 yilligiga bag‘ishlab fan ta`lim yo‘nalishidagi yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlarning ilmiy anjumani va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida izlanish olib borayotgan sovrindorlarni taqdirlash maqsadida o‘tkazildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 1999-yil 10-iyunda muhtaram Yurtboshimiz Farmoni bilan ta`sis etilgan. O‘tgan vaqt mobaynida mukofotga sazovor bo‘lgan 182 nafar qizlarning 24 nafari fan, 38 nafari ta`lim sohalaridagi yutuqlari uchun ushbu mukofotni qo‘lga kiritganlari ham aynan ilm-fan yo‘nalishiga berilayotgan etiborning na`munasi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shunga asosan bu galgi ilmiy konferesiyada bugungi kunning dolzarb mavzularida, xususan, tibbiyot, Orolbo‘yi aholisining salomatligi, tabiiy gaz va yoqilg‘ilarni tejash, huquqiy savodxonlikni oshirish, bolalar sportni rivojlantirish, internet jurnalistikasining bugungi ahvoli kabi ilmiy mavzudagi ma‘ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad ilm-fan sohasida mutaxassis va mas`ul rahbarlar bilan sovrindor qizlarning uchrashuvini tashkil etish hamda yosh avlodga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ustoz-shogird an`analari bardavomligini ta`minlashdan iboratdir.

Mayna HASANOVA

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Яна ўқинг:  Баркамол авлод камоли ота-онанинг руҳий ва жисмоний соғлиғига боғлиқ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: