50 TA YANGI ISH O‘RNI YARATILADI
Navoiy shahrida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Qariyb 8 milliard so‘m evaziga rekonstruksiya qilingan mazkur markaz eng so‘nggi tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Xususan, bo‘limlarga zamonaviy tibbiy tekshiruv uskunalari va boshqa jihozlar o‘rnatildi. Yaqinda yana 3 million AQSH dollari miqdoridagi jihozlar keltirishi ma’lum qilingan.
Ayni kunlarda markazning maslahat poliklinikasi, terapiya bo‘limi ishlab turibdi. Hademay jarrohlik bo‘limi foydalanishga topshiriladi. Natijada yana 50 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
A.NORBOYEV,
Navoiy viloyati