MAQSADLARI MUSHTARAK JUFTLIK
Muayyan maqsad, o‘zni idora qila bilish, samimiyat, mehnatsevarlik, vaqtni qadrlash kabi hislatlar har bir yosh avlodda bo‘lish lozim. Shundagina u yuqori cho‘qqilarni zabt etadi. Kelasi yili BAA va Turkiyada bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida Osiyo nomidan ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Quvonarli tomoni, O‘zbekistonning har ikkala yosh toifasidagi jamoalari kelasi yili mundialda ishtirok etadigan bo‘ldi. Shuningdek, Iroq davlatining xuddi shu yoshdagi terma jamoalari ham shunday baxtga muyassar bo‘lishdi. Qit’aning eng kuchli jamoalari hisoblanadigan Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari esa JCHlarida bittadan vakil bilan ishtirok etishadi. 2010 yilda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan KXDR esa har ikkala yosh toifasida hatto guruhdan ham chiqa olmadi.
Shuningdek, Eron va Avstraliya ham kelasi yili faqatgina bitta yosh toifasida jamoasini JCHda ishtirok etadi.