SPAGETTI

Masalliqlar: Spagetti (shu turdagi makaron mahsuloti) 500 gramm, pomidor, 700 gramm, piyoz – 1 dona, sarimsoq piyoz – 2 bo‘lak, zaytun yog‘i, ta’bga ko‘ra turli ziravorlar. Go‘shtli koptokchalar uchun: Qo‘y go‘shtidan qiyma 600 gramm, tuxum – 1 dona, piyoz – 1 dona, saryog‘ – 50 gramm, sarimsoq piyoz – 2 bo‘lak.

Tayorlanishi: – Qozonga zaytun yog‘idan soling, biroz qizigach unga piyoz va sarimsoq bo‘lagini mayda to‘g‘rab qovuring. Piyoz tillarang tusga kirgach unga pomidor po‘stini shilib, maydalab soling. Ushbu sousga ta’bga ko‘ra tuz va boshqa ziravorlar qo‘shasiz.

– Qiymaga saryog‘, qirg‘ichdan chiqarilgan piyoz va sarimsoqni qo‘shib aralashtiring. Qiyma mayin holga kelgach bitta tuxumni qiymaga qo‘shasiz. Qiymadan katta bo‘lmagan koptokchalar yasab tovada usti qizarguncha qovurib oling.

– Qaynab turgan sousga tayyor bo‘lgan qiymali koptokchalarni solib past olovda 10 daqiqa ushlab turing.

– Alohida idishda makaronni pishirib olasiz (spagettining idishida pishirish bo‘yicha yo‘riqnoma bor). Pishgan spagetti xamirini sousga solib 5-7 daqiqa aralashtiring.

– Tayyor taomning ustiga qattiq pishloqni qirg‘ichdan chiqarib qo‘shing.

Guli NOZ tayyorladi

Yana o‘qing:  Seldereyning 8 foydali xususiyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: