Askar maktubi
Assalomu alaykum, “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyati xodimlari!
Ayni vaqtda men ona Vatan oldidagi yigitlik burchimni o‘tash uchun harbiy qismda xizmat qilayapman. Safdoshlarim qalbida bir olam shijoat bilan elu yurt, ota-onasi, yaqinlarining tinchligi-osoyishtaligi, bunyodkorona mehnat qilishlari uchun xizmat qilayotir. Ularning ko‘pchiligi keyinchalik ham shartnoma asosida harbiy xizmatda qolish istagini bildirmoqda.
Har qanday jangovar topshiriqni bajarish, avvalo, puxta tayyorgarlikni talab etadi. Bu borada katta va kichik zobitlarning berayotgan harbiy ta’limi bizga qo‘l kelmoqda, – deya dil izhorini bayon etgan oddiy askar Zikriyo Xolmatov maktubiga qo‘shib yozgan hikoyasini ham yuboribdi. Biz esa askar yigitning harbiylar hayotini aks ettiruvchi hikoyasini sizning hukmingizga havola qilar ekanmiz, Zikriyodek sher yigitlarimizning o‘z vatanparvarlik burchlarini sog‘-omon o‘tab qaytishlarida tilakdoshmiz.