“YOZDA YOPINCHIG‘INGNI QO‘YMA, QISHDA…”

Sovuq urishi inson salomatligini zaiflashtiradi

Xalqimizda “qishning bir kunidan ham qo‘rq” degan maqol bejiz aytilmagan. Qishning sovuq kunlarida terining sezuvchanligi ham oshib, teri quruqlashib qoladi. Shifokorlarning aytishicha, oyoqdan sovuq o‘tishi jiddiy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘larkan.

Kunlar sovudi deguncha yana bir qancha kasalliklar ham avj ola boshlaydi. Badanning sovuq olishi organizm to‘qimalarining sovuqdan shikastlanishiga olib keladi. Sovqotish nafaqat tashqi haroratning noldan past bo‘lganida balki 4-80 S daraja issiqda ham, ba’zan esa bundan-da yuqori haroratda ham badanni sovuq olishi mumkin. Bunga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri nam kiyim, sovuq havo, shamol, ho‘l poyabzal va qo‘lqop, bosh kiyimlarning namligidir. Ko‘proq qo‘l va oyoq barmoqlari, yuz, quloq supralarini sovuq oladi.

Sovuq kunlarda issiq kiyim kiyish zarur va zax hamda sovuqlik ko‘p bo‘lgan joylarda ko‘p turmaslik kerak. Ochlik ham sovqotishga sabab bo‘ladi. Ko‘chaga chiqishdan avval qorinni to‘q tutish sovqotishni biroz bo‘lsada yengil o‘tishini ta’minlaydi.

Sovuq olganda bemorni darhol issiq, xona harorati 20-220 S daraja bo‘lgan xonaga olib kirib, unga issiq choy yoki kofe ichirish, tanasining shikastlangan joyini ishqalaganda infeksiya kirmasligi uchun sovunli issiq suv, spirt yoki atir bilan yuvish, so‘ngra quritib, teri qizarguncha asta-sekin ishqalash (qo‘lni avval yaxshilab yuvib, atir yoki spirtga ho‘llab olinadi) kerak. Sovuq olgan a’zoni sovuq joyda, shuningdek, qor bilan ishqalash yaramaydi. Badanni sovuq olganidan birmuncha vaqt keyin unda qavarchiqlar paydo bo‘lsa, isituvchi quruq bog‘lam qo‘yib, zudlik bilan vrachga murojaat qilish zarur. Agarda qo‘llar sovuqdan muzlab qolgan bo‘lsa, barmoqlardagi sezgi refleksi tiklanguncha spirt yoki issiq, qo‘l kuymaydigan suvda qo‘llarni yuvish lozim. Shuningdek, yungli qo‘lqop taqib qo‘yiladi. Muzlagan oyoqlarga ham shu kabi birinchi yordam ko‘rsatiladi. Oyoqlarga issiq, quruq bo‘lgan yungli paypoq kiygiziladi.

Oyoq yoki qo‘lning anchagina qismini sovuq olsa, shuningdek, kishi umuman qattiq sovqotib qolgan bo‘lsa, yaxshisi vanna qilish (suvning harorati 37 S dan yuqori bo‘lmasin) va toza suvda yuvib tozalangach, badanni ishqalash va uqalash (ikkala holda ham sog‘ oyoq yoki qo‘lni qo‘shib ishqalash va uqalash zarur) kerak. Suv haroratining haddan tashqari baland bo‘lishi tanada qon aylanishini buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yana o‘qing:  KARIYES PROFILAKTIKASIDA MUHIM ChORA

Vanna o‘rniga badanni spirt yoki atir bilan artish, butun badanni uqalash, sovuq urgan bemorga issiq achchiq choy, kofe ichirish mumkin. Agar sovuq olgan kishi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga sun’iy nafas oldirish zarur. Badanning anchagina joylarini sovuq olsa yoki sovuq olishining uchinchi, to‘rtinchi darajasida, shuningdek, kishi umuman qattiq sovqotib qolganida birinchi yordam ko‘rsatish va shikastlangan kishini iloji boricha tezroq davolash muassasasiga olib borish kerak.

Badanni sovuq olganda yoki kishi umuman qattiq sovqotib qolganida organizm uzoq vaqtgacha sovuqqa judayam sezgir bo‘lib qoladi, shuning uchun organizmni chiniqtirish, badan sovuq olishining oldini olishda samarali vositadir. Teri, xususan oyoqlarga yog‘lar surtish esa sovuq olishining oldini olmay, aksincha unga sabab bo‘lishi mumkin.

Qishning sovuq kunlarida ko‘chaga chiqishdan avval qo‘llarga yupqa qilib vazelin, bolalar kremi yoki o‘simlik yog‘i (kungaboqar, bodom, zaytun va boshqalar) surtib qo‘yish lozim. Agar o‘z vaqtida yordam berilmasa sovqotishning og‘ir darajalarida hattoki bemor halok bo‘lishi mumkin. Shu sababli, azizlar, o‘z salomatligingizga befarq bo‘lmang.

Nargiza UGLAMOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: