“KARIM-MUKARRAM STOMA”: AHOLI TIBBIY XIZMATDAN MAMNUN

Har kim o‘z kasbi sirlarini puxta bilgani yaxshi. Ana shundagina u yangilik va yaxshilik qilishga, o‘z orzu-maqsadlariga erishishga muvaffaq bo‘ladi. Buni Yangiyo‘l tumanida 2003 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Karim – Mukarramstoma” xususiy kilinikasi rahbari, oliy toifali ortoped-ortodont Mukarram Bobosaidova misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Hozirgi kunda sakkiz nafar tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatayotgan klinikada “Ustoz-shogird” an’analari asosida malakali mutaxassis kadrlar ham yetishtiriladi. Sinov muddatini yaxshi o‘tagan kadrlar klinikada o‘z faoliyatini davom ettiradilar. Shu bois aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tashqari, klinika o‘nlab stomatolog, ortodont va hamshiralarga tajriba maktabini o‘tayotgani diqqatga sazovor.

Ha, oliygohni tugallab, dastavval Yangiyo‘l tuman stomatologiya poliklinikasida malaka va tajribaga ega bo‘lgan Mukarram Bobosaidova boshida ikki nafar ishchi o‘rni bilan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, keyinchalik klinika kredit asosida tibbiy asbob-uskunalar xarid qildi. Natijada yana 6 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, bu yerda o‘nlab malakali mutaxassislar tayyorlanib, o‘z o‘rinlarini topdilar.

Bugungi kunda tog‘asi, tajribali ortoped-jarroh Abdulxay Jahongirovni va akasi – stomatolog Saidazim Bobosaidovlarni o‘ziga ustoz deb bilgan Mukarram Bobosaidovaning g‘ayrati tahsinga loyiq. Chunki har kuni ko‘plab mijozlarga malakali tibbiy xizmat ko‘satib kelayotgan klinikada o‘tgan yil mobaynida yigirmadan ortiq o‘smirga briket sistemasi o‘rnatilib, tish qatorlari to‘g‘irlandi. Yuzlab aholi va ularni farzandlarining tishlari sog‘lomlashtirildi.

Ayni paytda klinikada faoliyat ko‘rsatayotgan stomatologlar – Zulfira Sayidumirova, Ravshan Rizayev, texniklar – Marhabo Xo‘jayeva va Yunusali G‘oibnazarov ishbilarmon rahbarni o‘zlariga ustoz deb biladilar.

– Prezidentimizning biz mutaxassis kadrlarni tadbirkorlik yo‘li bilan sohani rivojlantish va erkin faoliyat yuritishimiz uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib berayotgani quvonarli. Bundan ruhlangan men kabi ezgu maqsadlar sari intilayotgan, tadbirkorlik salohiyatiga ega mutaxassislar zamonaviy korxonalar ochishga, o‘z faoliyatlarini kengaytirishga erishmoqdalar. Bundan ham ortiq in’om va baxt bormi, axir, – deydi xususiy klinika rahbari Mukarram Bobosaidova. – Bizning “Hamkorbank” Yangiyo‘l tumani filialida o‘z hisob raqamimiz ochilgan. Mehnatimiz samarasi o‘laroq har kuni reja asosida bankka 7,5 million so‘m miqdorida kirim qilinadi. Tushgan mablag‘lar hisobidan xodimlarimizning oylik maoshlari, kommunal to‘lovlar, dori-darmon va protez mahsulotlari olinib, homiylik ishlari amalga oshiriladi. Muhimi, davlatimiz va elimizga foydamiz tegayotganidan xursandmiz.

Yana o‘qing:  Dam olish madaniyati. Ciz uni qanday tushunasiz?

Ha, halol mehnatning samarasi bo‘ladi. Ko‘ngli mehr-muhabbat va oqibatga to‘liq Mukarram Bobosaidova har kuni 2-3 nafar qariya yoki kam ta’minlangan kishilarga bepul xizmat ko‘rsatishni o‘z burchi deb biladi. Shuningdek, “Mezon” mahallasi hududida joylashgan klinika hududda yashayotgan kam ta’minlangan oila, yolg‘iz va ehtiyojmand qariyalarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishdan, an’anaviy-milliy bayram dasturxonlarini yozishda aholiga o‘z moddiy yordamini berishdan aslo qochmaydi.

“Ot o‘rnini toy bosar”, deydilar. Oilada ham “Ustoz-shogird” an’analariga amal qilgan sulolaning uch nafar farzandi onakasbga mehr qo‘yib ulg‘ayganlari bois, ular ham tibbiyot yo‘lini tanladilar. Shu bois to‘ng‘ich farzand – Botirjon Bahodirov Toshkent Tibbiyot akademiyasining 7-bosqich talabasi, Bahromjon Bahodirov Samara tibbiyot universiteti stomatologiya yo‘nalishini tugallab, o‘sha yerda internaturani o‘tamoqda. Kichik farzand – Shohruh Bahodirov esa Yangiyo‘l tibbiyot kollejida tahsil olmoqda.

Istiqloldan so‘ng obodonlashib, ko‘rkam qiyofa kasb etayotgan Yangiyo‘l tumanida bugungi kunda ulkan bunyodkorlik va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilda ulkan yutuqlarni rejalashtirgan ishbilarmon rahbar ham davlat bankidan qo‘shimcha kredit mablag‘lari olish asnosida yangi zamonaviy klinika qurish va qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratishni hamda aholiga yanada malalakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish istagi bilan yashamoqda.

2015 yil – Keksalarni e’zozlash yilida ham kam ta’minlangan, yolg‘iz va keksalarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishni va boshqa xayr-saxovat ishlarini amalga oshirishni rejalashtirgan Mukarram Bobosaidova ayni paytda kadrlar malakasini oshirish va elga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun astoydil mehnat qilmoqda.

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: