SOG‘LOM VA NAVQIRON

Harbiylar oilalariga shunday baho berish mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida tadbirlar tashkil etilmoqda.

“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” harakatini rivojlantirish maqsadida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tibbiy-ijtimoiy markazida tashkil etilgan tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi tinglovchilarining oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli yosh avlodni tarbiyalash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari sog‘liqni saqlash boshqarmalari mutaxassislari bilan hamkorlikda 2014 yilda ko‘plab harbiy qismlarda bo‘lib, yetti ming sakkiz yuz nafardan ziyod harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

– Onalik va bolalikni muhofaza qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarida aniqlangan har qanday kasallikni o‘z vaqtida davolash, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash – ushbu tibbiy ko‘rikni o‘tkazishdan asosiy maqsaddir, – deydi tibbiy-ijtimoiy markaz rahbari Adham Usmonov. – Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, mazkur ko‘rik davomida 3 ming 800 nafar ayol, 3 ming 600 nafar bola qamrab olindi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tibbiy-ijtimoiy markazi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish imkonini beradigan eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Bu yerda yuqori malakali shifokorlar mehnat qiladi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Askar maktubi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: