RAG‘BAT – MAS’ULIYAT DEMAKDIR

Mustaqillik yillarida har tomonlama tayyorgarlikka ega va armiyada chiniqish maktabini o‘tagan, har qanday fursatda Vatan himoyasi uchun tayyor bo‘lgan butun bir avlod voyaga yetdi va mustahkam oyoqqa turdi, deb g‘urur va iftixor bilan ta’kidlashimiz mumkin.

Islom KARIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

Nasim Haydarov bolaligidan intiluvchanligi, har bir ishga ishtiyoq va qiziqishi balandligi bois ota-onasi uni o‘zi xohlagan kasbini tanlashiga qarshilik bildirmadi.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga o‘qishga kirgan Nasim mazkur dargohni a’lo baholarga tamomlab, Jizzax shahridagi harbiy qismda xizmatni boshladi. Safdoshlariga har jihatdan o‘rnak bo‘lib kelayotgan bu yigit ayni paytda Navoiydagi harbiy qismlardan birida xizmatni muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

– Harbiy qismimizda askaru ofitserlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan, – deydi mayor N. Haydarov. – Kasb tanlashda adashmagan ekanman. Hayotda o‘z o‘rnimni topib, oilam bilan baxtli yashamoqdaman.

Qat’iyatli, har bir so‘zida shijoat sezilib turadigan Nasim Haydarov turmush o‘rtog‘i Nilufar bilan uch farzandni voyaga yetkazmoqda. Yaqinda bu oila davlatimiz tomonidan uch xonali uy bilan ta’minlandi.

– Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan harbiylar va ularning oilalariga yaratilayotgan imkoniyat va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan g‘oyat minnatdormiz, – deydi uy bekasi Nilufar Haydarova. – Yangi uyda barcha shart-sharoit muhayyo, farzandlarimiz uchun ham qulayliklar yaratilgan.

N.RAHIMOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  BOLALAR TAOMNOMASIDA ILK ShARBATLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: