ANOR ShARBATI QONNI TOZALAYDI

Tabiiy sharbatlarning inson salomatligi uchun foydali jihatlari to‘g‘risida ko‘p eshitganmiz. Ammo ular ichida yangi siqib olingan anor sharbati o‘zining anchayin shifobaxsh ekani bilan boshqalaridan ajralib turadi.

Shuningdek, anor sharbatini iste’mol qilish ta’qiqlanadigan holatlar ham yo‘q emas. Masalan, me’da shilliq qavatining yallig‘lanishi (gastrit) xastaligi mavjud insonlarga anor sharbati iste’mol qilish mumkin emas.

Bugun anorning qanday holatlarda foydali ekani to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Kamqonlik va me’da-ichak faoliyatining buzilishida kun davomida ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan uch mahal iste’mol qilingan anor sharbati sizga shifo bo‘ladi. Muolaja 2 oydan 4 oygacha bo‘lgan muddatda olib borilishi mumkin.

Organizm va qonni toksin (zaharli modda)lardan tozalashda hamda moddalar almashinuvini yaxshilashda ham anor sharbatining hissasi beqiyos. Buning uchun yil davomida anor sharbati ichib turish zarur. Ayniqsa 3 haftalik muntazam davom etadigan muolaja yaxshi natija beradi. Birinchi haftada yarim stakandan kuniga uch mahal, ikkinchi haftada ikki mahal, uchinchi haftada esa bir mahaldan iste’mol qilib borish zarur.

Isitma, gripp, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar) va tomoq og‘rig‘ida ham anor sharbatining foydasi bor. Og‘rigan tomoqni anor sharbati bilan chayish va sharbatni ozgina asal bilan iste’mol qilish darddan forig‘ bo‘lishingizga yordam beradi.

Ishtahangiz yaxshi bo‘lmasa ham anor sharbati sizga yordam berishi mumkin. Buning uchun yarim stakan anor sharbatini ovqat vaqtidan chorak soat oldin iste’mol qilish kifoya.

DIQQAT!

Anor sharbatini gastrit (me’da yallig‘lanishi), gemorroy (bavosil) va me’da shirasi nordonligining ortib ketishida iste’mol qilish mumkin emas.

Nodira YO’LDOSHEVA,

O‘zMU talabasi

Yana o‘qing:  O‘QUVCHILAR QISHKI TA’TILDA NIMALAR BILAN BAND?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: