MA’LUMOT

Markaziy saylov komissiyasi raisi brifing qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi natijalariga ko‘ra, 150 deputat, jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 52 nafar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 36 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 27 nafar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 20 nafar deputat saylanganini ma’lum qildi. 15 deputat O‘zbekiston Ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan 150 deputatning 24 nafari xotin-qizlardir.

5 xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, 52 xorijiy davlatdan 340 dan ziyod kuzatuvchi va deputatlikka nomzodlarni ilgari surgan siyosiy partiyalarning 70 mingdan ziyod kuzatuvchisi va vakolatli vakili saylovni monitoring qilib bordi.

Yana o‘qing:  IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIY XIZMAT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: