Niyatlar darchasidan mo‘ralaydi Yangi yil

Qish keldi, Ayoz bobo qayrab sovut-qilichin,

Derazalar yuziga aksin chizdi izg‘irin,

Oppoq qorli dalalar xayolga toldi sekin,

Niyatlar darchasidan mo‘ralaydi Yangi yil.

“Suruvning oyog‘idan, cho‘ponning tayog‘idan”,

Barakasini bersin ko‘payib har yog‘idan,

“Qo‘y yili” ko‘katlari ko‘klayversin tog‘idan,

Niyatlar darchasidan mo‘ralaydi Yangi yil.

Bobom qo‘li duoda, momo aytar shukrona,

Tinchlik so‘raydi ular doim jumla jahon-a!

Xotirjam el kunlari bir ajoyib tantana,

Niyatlar darchasidan mo‘ralaydi Yangi yil.

Farzandlar oqil-dono, otalar ulug‘ bo‘lar,

Kasbli-korli qizlari, onalar ko‘ngli to‘lar.

Istiqlol yuz ochgan yurt tonglari qutlug‘ bo‘lar,

Niyatlar darchasidan mo‘ralaydi Yangi yil.

Keksalarni e’zozlash tanti el merosi-da!

Kuzdan qo‘l olib berar bahorlaru yoziga,

Alla aytar kelinchak bir sehr ovozida,

Niyatlar darchasidan mo‘ralaydi Yangi yil.

Jamila HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Darddan xalos bo‘ldim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: