YILNING ENG YAXShI LOYIHASI

Poytaxtimizda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tadbirkor ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan “2014 yilning eng yaxshi loyihasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Bugungi kunda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining 35, fermer xo‘jaliklarining esa 10 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Prezidentimiz tomonidan 2004 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni bank va tadbirkor ayollar hamkorligini yanada mustahkamladi. – “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida 2014 yilning o‘tgan davrida salkam 1 trillion so‘mlik kreditlar mazkur maqsadlarga yo‘naltirilib, bu borada 1,3 barobar o‘sishga erishildi, – dedi o‘z so‘zida Respublika Markaziy banki departamenti direktori Azamat Qosimov.

“2014 yilning eng yaxshi loyihasi” ko‘rik-tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ishtirok etgan minglab tadbirkor ayollar orasidan 14 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 36 nafari rag‘batlantiruvchi mukofotga munosib deb topilib, ularga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda banklardan imtiyozli ravishda kredit olish imkonini beruvchi sertifikat topshirildi.

Bu o‘z navbatida, mamlakatimizdagi o‘z mustaqil faoliyatiga, daromad manbaiga ega bo‘lish istagidagi ayollarning, oilalarning byudjeti yanada shakllanishiga va turmushi farovonlashishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

M.XO‘JAMURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: