BAYRAM SOVG‘ALARI JO‘NATILDI

Har yili Yangi yil arafasida “Prezident archasi” shodiyonalari ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tkazilayotgani bu boradagi amaliy ishlarning yorqin ifodasidir. Bolajonlarning eng sevimli bayramiga aylangan ushbu tantanalarda davlatimiz rahbarining o‘quv anjomlari, turli shirinliklardan iborat sovg‘alari kichkintoylar uchun unutilmas tuhfadir.

Bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen yolg‘iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi tomonidan ushbu bayramni yuksak saviyada o‘tkazish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rildi. “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun Prezident sovg‘alari tayyorlanib, joylarga yetkazildi.

Sovg‘alar joriy yilning 29 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida tantanali ravishda topshirildi.

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududidagi maktabgacha ta’lim maskanlari, umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, bolalar kutubxonalari, Axborot-resurs markazlarida, madaniyat va san’at maskanlarida Yangi yil bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Ushbu tadbirlarda yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik, yurt tinchligi va osoyishtaligi, yaratilgan sharoit va imkoniyatlarning qadriga yetishga undovchi badiiy-musiqiy dasturlar, viktorinalar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib, ularda har bir o‘g‘il-qizning faol ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qishi, zukkoligi, namunali xulqi bilan boshqalarga ibrat bo‘layotgan bolajonlarga badiiy kitoblardan iborat sovg‘alar topshirildi.

Bularning barchasi mamlakatimizda yosh avlod kamoloti va istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan ulkan e’tiborning amaliy ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Yana o‘qing:  Sulola

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: