IJODKORLIK ZAMIRIDAGI MEHNAT
Poytaxtimizdagi iqtisodiyot fanlariga ixstisoslashtirilgan 160-davlat umumta’lim maktabida barcha fanlar qatorida mehnat darslari ham o‘ziga xos qiziqarli o‘tkaziladi.
Hozir sizlarga bayram archasini yasashni o‘rgatamiz. Yaratuvchanlik uchun alohida mahsulot shart emas, uyda ishlatilmaydigan mato yoki turli tesmalardan ham yorqin narsalar yaratish mumkin. Buning uchun rangli atlas lentalar, munchoqlar, qalin iplar va igna kerak bo‘ladi. Birinchi kvadrat shaklidagi munchoqlardan igna yordamida ip o‘tkazib, tugun hosil qilib olamiz. So‘ng lentalar to‘lqinsimon holatda archa ko‘rinishida taxlanadi. Har bir to‘lqin lenta orasiga munchoq terib chiqiladi. Tasmaning boshlanishi uzunroq, so‘ng navbat bilan qisqartirib boriladi va har bir buklov orasiga munchoq terib chiqiladi. So‘ng ilgak hosil qilinib, tugiladi. Tayyor bo‘lgan bezakni archaga yoki xonalarga ilib qo‘yilsa, o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.
Sojida BEKMURODOVA,
o‘qituvchi