MEVALARDAN “GULDASTA”

Hayotimizda bir marta bo‘lsa ham tug‘ilgan kundami, bayramlardami guldastalar olganmiz yoki kimgadir taqdim etganmiz. Ammo mevali “guldasta”ni-chi? U qanday bo‘ladi deb qiziqyapsizmi? Unda maslahatimiz faqat siz uchun.

Har bir narsa mehr bilan tayyorlansa, uning qadr-qimmati shuncha yuqori bo‘ladi. Hatto dasturxon bezash yoki meva-sabzavotlardan go‘zal shakllar ixtiro etish ham bir mo‘jizaviy san’at asaridir. Bayram dasturxonining yanada qiziqarli bo‘lishini istasangiz, mevalardan turli xil “guldasta”lar yasab qo‘yishingizni maslahat beramiz. “Guldasta”mizni quyidagi mevalar yordamida tayyorlaymiz, ammo siz ijodiy yondoshib istalgan boshqa bir mevani tanlashingiz mumkin.

Buning uchun bizga ananas, qovun, qulupnay, gilos va bir bog‘ ko‘kat (kashnich) kerak bo‘ladi.

– Ananasni xalqa shaklida to‘g‘raymiz. Biz 5 dona “gul”ga moslab halqalar kesib oldik. Siz istalgancha gullar sonini ko‘paytirishingiz mumkin.

Maxsus qolip yordamida undan gulchalarni yasaymiz.

Gulchalar ustiga qo‘yish uchun qovun mag‘zidan maxsus charx yordamida aylana shakllarni olamiz.

Mevalarimizni yog‘och sixlarga terib chiqqach, vaza ichini xamir bilan to‘ldiramiz. Bu yerda fil ko‘rinishidagi o‘yinchoq vazachadan foydalandik. Siz esa albatta, o‘zingizga yoqqan guldonlardan yoki boshqa biror bir idishdan ham foydalansangiz bo‘ladi.

Do‘konga kirganingizda gulni qanday yasatib olasiz? Taxminan o‘sha ko‘rinishda vazaga tayyorlab qo‘ygan mevali sixlarni o‘rnatib chiqamiz. Hamma sixlarni bir xil uzunlikda joylashtirsak, tabiiyki guldastamiz juda kichkina ko‘rinib qoladi. Ularning uzunligini har xil qilsak, birmuncha chiroyli tus oladi.

Yuqoridagilarning o‘zi hali “guldasta” uchun yetarli emas, endi uni kashnich yordamida bezab chiqamiz.

Nihoyat guldastamiz ham tayyor bo‘ldi. Siz uni eng aziz mehmoningiz kelishida tayyorlab dasturxonga qo‘yishingiz yoki oila a’zolaringizga, yaqinlaringizga taqdim etib ularni xursand qilishingiz mumkin. Ayniqsa, bu antiqa mevali “guldasta” bayramoldi eng mazali va antiqa taom sifatida dasturxoningizni bezab turishiga shubha qilmaymiz.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  BOLALAR KOSMETIKASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: