“QO‘ZICHOQ” SALATI

Hurmatli uy bekalari! Sizni Yangi yil dasturxoniga nima tayyorlasam ekan, degan savol qiziqtiryaptimi? Ha, albatta. Tayyorlagan taomingiz eng avvalo sog‘liq uchun foydali va katta-yu kichikka birdek ma’qul bo‘lishini istaysiz, to‘g‘rimi?

Bu yoqimtoy “qo‘zichoq” barcha mehmonlaringizni hayron qoldirishi, shubhasiz. Ayniqsa, Yangi yil bayrami dasturxoniga munosib tuhfa bo‘lishi aniq. Bu salatni tayyorlash judayam oson.

Salat tayyorlash uchun kerakli masalliqlar (6 kishi uchun): 2 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 4 osh qoshig‘ida guruch, 3 dona tuxum, 4 dona marinadlangan bodring, 180 gr. tunets balig‘i konservasi, 1 dona piyoz, 5 osh qoshig‘ida mayonez, 10 dona to‘q rangdagi zaytun mevasi.

Tayyorlash: Po‘sti bilan kartoshka va sabzini, shuningdek guruchni tayyor bo‘lgunicha qaynatamiz. Tuxumni ham qattiq qilib pishiramiz. Keyin po‘sti tozalangan kartoshka, sabzi va tuxumni qirg‘ichdan o‘tkazamiz. Bodringni somoncha shaklida, piyozni to‘rtburchak shaklda to‘g‘raymiz.

Likopchaga birinchi kartoshkani joylashtiramiz, undan “qo‘zichoq”ning boshi va gavdasini yasaymiz. Ustidan mayonez suramiz. So‘ngra tunets balig‘ini maydalab ikkinchi qavatga joylaymiz. Undan keyin ustma-ust sabzi, bodringchalar va tuxumni sepib chiqamiz. (Har bir masalliqdan keyin mayonez surish esdan chiqmasin).

“Qo‘zichoq”ning ustki qismiga qaynatib pishirilgan guruchdan shuba qilib yopamiz. Bosh qismini maydalangan zaytun mevasi bilan qoplaymiz. Yarimtadan bo‘lingan zaytun mevalaridan “qo‘zichoq”ning tuyoqchalari, quloqchalari va ko‘zchalarini yasaymiz. “Qo‘zichoq” salatini dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

MEHRIBONU

Yana o‘qing:  Saxiy tabiatning sarxil tuhfasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: