XOTIRJAMLIK SIRI

Yurtimizda iqtisodiyotni samarali boshqarish va xalq farovonligini oshirish yo‘lidagi ishlar ko‘lami yildan-yilga kengaymoqda. Bu yo‘nalishda yaratilgan moddiy boyliklarni tejab-tergab, undan oqilona foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Demak, elektr energiyasi biz uchun muhim va kerakli amaliyotlarni o‘tash manbaidir. Afsuski, ba’zan sohada aholi va ayrim tashkilotlar tomonidan qarzdorlikni o‘z vaqtida qoplamaslik holatlari uchrab turadi. Agar bu holat aniqlansa, xonadon yoki korxona egalari oldin ogohlantiriladi. Ijobiy natija bo‘lmasa, shu joyning elektr ta’minoti soha xodimlari tomonidan vaqtincha tarmoqdan uzib qo‘yiladi. Bu holat yana davom etaversa, korxona, tashkilot yoki to‘lovlari uzluksiz amalga oshirilmagan xonadon bo‘yicha hujjatlar xo‘jalik sudiga topshirilib, elektr energiyasi to‘lovlarini undirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Shu bois elektr energiyasi ta’minoti korxonasi va yuridik iste’molchi tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan yuridik tashkilotlar keyingi oyda iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan shartnomaviy miqdorning 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorida oldindan to‘lovlarni amalga oshirishlari ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimizdagi korxona va muassasalar faoliyati uzluksizligini ta’minlayotgan, xonadonlarimizni charog‘on etib, ko‘ngillarimizga nur bag‘ishlayotgan elektr energiyasi bebaho boyligimizdir. Shunday ekan, har birimiz uni tejab-tergab va oqilona foydalansak nur ustiga nur bo‘lar edi.

Dilmurod ABDURAHMONOV,

“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi inspektori

Yana o‘qing:  Aholiga yanada zamonaviy sharoitlar yaratish bugungi kun talabi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: