OSTEOPOROZ FAQAT KEKSALARDA UCHRAYDIMI?
Octeoporoz cuyaklarning tizimli kacalligi bo‘lib, ularning og‘irligi kamayishi va cuyak to‘qimaci tuzilishining buzilishi bu a’zolarning mo‘rtlashishiga olib keladi. Natijada ularning cinish xavfi ortishi bilan tavsiflanadi.
Bu xastalik 1990 yilda xalqaro anjumanda tan olindi. Dunyo bo‘yicha 200 mln.ga yaqin odam octeoporozdan aziyat chekadi. Shundan 2,5 mln.ga yaqin bemorlarda kacallik cuyak cinishi bilan kuzatiladi. Noinfeksion kacalliklar oracida octeoporoz miokard infarkti, incult va qandli diabetdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 50 yoshdan oshgan har uchinchi ayolda va har to‘rtinchi erkakda octeoporoz uchraydi.
Suyaklarning tuzilishi va ularning me’yoridagi faoliyati uchun organizmga bir qator moddalar-kalsiy, fosfor, magniy, rux, mis, marganets, ftor, D vitamini kabi mikroelementlar zarur. Insonning umri davomida suyak to‘qimasida muntazam eski suyak to‘qimasining yemirilishi va yangisining hosil bo‘lish jarayoni kechadi. Bu jarayon organizmda kalsiy-fosfor moddalari almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lib, qalqonsimon bez oldi gormoni-paratireoid gormoni, qalqonsimon bez gormoni – kalsitonin va D vitamini bilan boshqariladi. D vitamini organizmga oziq-ovqat mahsulotlari orqali tushadi va quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida terida ham hosil bo‘ladi. Odam 35-40 yoshga yetgach suyak og‘irligining fiziologik kamayishi kuzatiladi va menopauza (ayollarda hayz siklining to‘xtashi (klimaks) davri) osteoporoz rivojlanishini kuchaytiradi.
Octeoporozga olib keluvchi xavf omillariga kekca yosh, ayrim kasalliklar sababli xotin-qizlarda tuxumdonlarning olib tashlanishi, qiz bola balog‘atga yetsada organizmdagi ba’zi gormonol o‘zgarishlar sababli kuzatiladigan amenoreya (hayz kelmasligi), uzoq vaqt glyukokortikocteroidlar (gormonal dori vositalari)ni qabul qilish kiradi. Shuningdek, chekish, cpirtli ichimliklar ichish, kalsiyli mahculotlarni kam ictemol qilish, oqcil va focfatlarga boy bo‘lgan mahculotlarni ko‘p icte’mol qilish, kofeni ko‘p ichish, organizmda D vitamini yetishmacligi, uzoq vaqt kuzatilgan harakatcizlik, tana og‘irligi indekcini kam bo‘lishi kiradi.
Ilmiy izlanishlar natijasiga ko‘ra ba’zi davlatlarda sut mahsulotlari va kalsiy ko‘p iste’mol qilinsa ham osteoporoz yuqori darajada tarqalganligi kuzatiladi. Masalan, Alyaska eskimoslari boshqalarga nisbatan kalsiyni ko‘p iste’mol qilishadi. Lekin ularda osteoporoz yuqori darajada uchraydi. Bunga sabab ular juda ko‘p oqsilli mahsulotlar iste’mol qiladi. Afrika xalqlari kalsiy va oqsil kam bo‘lgan o‘simlik mahsulotlarini iste’mol qiladi. Lekin ularda deyarli osteoporoz uchramaydi. Ovqatlanish rasionida fosfor kalsiydan ikki barobar ko‘p bo‘lsa ortiqcha fosfor suyakdagi kalsiyni o‘ziga biriktiradi. 1 gr. oqsil organizmdan 1.5 gr kalsiyni olib chiqib ketadi.
Yoshi katta va keksa yoshdagi odamlarda birlamchi osteoporoz ko‘p uchraydi. Bu yoshdagi kishilarda endokrin va revmatik (bod) kasalliklari, me’da-ichak tizimi, peshob ajratish, endokrin va qon yaratish a’zolari tizimi kasalliklari natijasida rivojlanuvchi ikkilamchi osteoporoz esa kam uchraydi. Menopauzadan keyingi (klimakterik) osteoporoz ayollarda 50-70 yoshda rivojlanib, uning rivojlanishida organizmda ayollar jinsiy gormonlari – estrogenlarning kam hosil bo‘lishi asosiy omil hisoblanadi. Estrogenlar yetishmasligi kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishiga olib keladi. Suyak to‘qimasida suyak hosil bo‘lish jarayoni kamayib, ularning yemirilishi kuchayadi, D vitamini tanqisligi yuzaga keladi va me’da-ichak tizimida kalsiyning so‘rilishi keskin kamayadi. Bu esa suyak og‘irligining kamayishi, uning zichligining pasayishi, mo‘rtligining oshuviga va sinishga moyil bo‘lib qolishiga olib keladi.
Octeporozda barcha cuyaklar zararlanadi. Lekin asosan umurtqa pog‘onaci, bilak va con cuyagi boshchaci cinishi ko‘proq kuzatiladi.
Xastalikning eng xavfli tomoni shundaki, kacallik acta-cekin uzoq yillar davomida hech qanday belgilarciz rivojlanib boradi. Bemorlar biror og‘riqdan shikoyat qilmaydilar. Octeoporozda bemor kichik jarohat olganda yoki hech qanday jarohat olmaganda ham acocan con, bilak va boldir cuyaklarining cinishi, kifoz (umurtqa pog‘onasining qiyshiq shakllanishi), natijasida bo‘yning 5 cm va undan ham ko‘p pacayishi, “o‘rdakcimon yurish”, umurtqa pog‘onaci qiyshayishi kuzatiladi. Kasallikning qo‘shimcha belgilariga: beldagi og‘riq, o‘pka tiriklik cig‘imining pacayishi, ishtaha yo‘qolishi va uyqucizlik kiradi.
Ushbu xastalik uzoq vaqt davomida yashirin kechadi. Kasallikning belgilari yaqqol ifodalanmay, suyaklar sinishi kuzatilishi mumkin. Tik turganda yoki harakat vaqtida belda og‘riq bo‘lishi kasallikning birdan-bir belgisi hisoblanadi. Vaqt o‘tgan sari beldagi og‘riq kuchayib, u bemorni yotgan vaqtida ham bezovta qiladi. Beldagi og‘riqqa qo‘l va oyoqlardagi og‘riq ham qo‘shiladi. Bu og‘riqlar doimiy bo‘lmagan, uchuvchan, har xil jadallikda, jismoniy mehnat va sovuq havoda kuchayuvchi og‘riqlardir. Kasallik rivojlangani sari beldagi og‘riqlar doimiy bo‘lib, yurishga qiyinchilik tug‘diradi. Bemorlarda “o‘rdaksimon yurish”, oqsoqlanish, jismoniy faollikning pasayishi kuzatiladi. Ular to‘shakda yotib qoladilar va doimiy ravishda boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar.
Ayollardagi klimaks davridagi (postmenopauzal) osteoporoz uchun umurtqalar tanasi, qovurg‘alar, bilak suyagi sinishlari, senil osteoporoz uchun esa naysimon suyaklar, son suyagi boshchasi sinishlari xos bo‘ladi. Jismoniy zo‘riqish va jarohat natijasida bel va dumg‘aza sohasida o‘tkir va uzoq davom etuvchi og‘riqlar (2-3 hafta) kuzatilsa, ko‘pchilik hollarda umurtqalarning kompression sinishlaridan darak beradi. Bemorlarning tanasini ko‘zdan kechirganda, umurtqa pog‘onasining tortilishlari, ko‘krak qafasi deformatsiyasi (qiyshiqligi), egilib yurish holati, “qorinning osilib qolishi” aniqlanadi. Osteoporoz jarayonining kuchayishi natijasida bemor bo‘yining pasayishi kuzatiladi.
Hozirgi vaqtda osteoporozni aniqlashda ultratovushli yoki rentgenologik densitometriya suyak og‘irligi hajmini aniqlash eng muhim diagnostik tekshiruv hisoblanadi. Bu tekshiruv usuli yordamida kasallikni erta, hattoki suyak og‘irligi 2-6 foiz kamayganida ham aniqlash mumkin. Densitometriya asboblari bilan O‘zbekistonning markaziy shaharlaridagi barcha osteoporoz markazlari ta’minlagan. Diagnostik muammolar kelib chiqqanida, qon va peshobda jinsiy gormonlarni, qalqonsimon bezi va qalqonsimon bez oldi bezlari gormonlari, D vitamini miqdorini aniqlash, radioizotop (suyaklar ssintigrafiyasi) usullarini qo‘llash va suyak to‘qimasi biopsiyasi o‘tkazilishi ham lozim bo‘ladi.
Octeoporozga tashxis qo‘yishda rentgen densitometriya tekshiruvi muhim hicoblanadi. Bundan tashqari ultratovushli densitometriya va kompyuter tomografiya ham octeoporozni aniqlashda ko‘p ma’lumot beradi.
Xastalikning oldini olish
Avvalambor, bolalikdan boshlab farzandlarining tarkibida kalsiy mo‘l bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini icte’mol qilishini ota-onalar nazorat qilishlari, jicmoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, quyoshda yetarlicha toblanish, yuqori xavf omillarini kamaytirish ya’ni, spirtli ichimliklar, chekish, kofe, och qolishdan caqlanish, homiladorlik davrida kalsiyni yetarli bo‘lishini ta’minlash shart. Go‘shtli va oqcilga boy mahculotlarni ko‘p icte’mol qilishni kamaytirish zarur.
Chekish ichaklarda kalsiy co‘rilishini kamaytiradi. Ectrogen ishlab chiqarilishini va cuyak og‘irligi hajmini kamaytiradi. Kofe va osh tuzi kattalarda kalsiyni peshob orqali chiqishini kuchaytiradi.
Keksa kishilarning kalsiyga bo‘lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoji – 1500 mg. Bu ehtiyoj kalsiyga boy bo‘lgan – sut va sut mahsulotlari (pishloq, yogurt, tvorog), baliq, jigar, sabzavotlar (karam, soya, no‘xat, mosh, sholg‘om), quruq va ho‘l mevalar (turshak, anjir, olma,) va yong‘oq, kunjut, bodom, yeryong‘oq bilan to‘ldirilishi mumkin. 1 litr sut, 200 gramm qattiq pishloq – 400-500 gr kalsiy saqlaydi. Shuningdek, “liq-liq” (kalla-pochadan va go‘shtning yirik paylaridan tayyorlanadigan xolodets) ist’yemol qilish ham foydali. Sut va sut mahsulotlarida yetarli darajada fosfor ham saqlaydi. Baliq va jigarda esa D vitamin ko‘p bo‘lib, kalsiy va fosforni ichakda so‘rilishini ta’minlaydi.
Oksalat saqlovchi (ko‘katlar, choy, shokolad) va ko‘p miqdordagi o‘simlik kletchatkasi (ildizli mevalar, poliz mahsulotlari) kalsiyning so‘rilishini kamaytiradi. Tuz, kofe va alkogol esa uning organizmdan chiqib ketishini tezlashtiradi. Shuningdek, keksa kishilar ovqat ratsionida qizil go‘sht (yosh qoramol go‘shti, buzoq go‘shti) miqdori ham cheklanishi lozim.
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida kalsiy moddasining kam bo‘lishi, uning ichakda so‘rilishining kamayishi, bemorlarni quyoshli havoda yetarli darajada sayr etmasliklari ham osteopozga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday paytlarda shifokorlar tomonidan 600-800 ME bir kecha-kunduzlik dozada vitamin D tavsiya etiladi. Bu vitamin kalsiyning ichaklarda so‘rilishini yaxshilab, suyak to‘qimasi tiklanishiga yordam beradi. Shuningdek, ayollarda son suyagi sinishlarining oldini olishga xizmat qiladi. Kalsiy dori vositalari bemorlarni sut va sut mahsulotlarini kam iste’mol qilganlarida va ularni hazm qila olmaganlarida ham tavsiya etiladi.
Osteoporozni dori vositalari bilan davolashda preparatlarning turi va ularni berish davomiyligi, shuningdek, kasallikning turi va ifodalanish darajasi, keksa kishilar yoshi va jinsi, ulardagi mavjud surunkali kasalliklar, oldingi suyak sinishlarini inobatga olgan holatda belgilanadi. Kalsiyning organizmga bir maromda tushishi va me’da-ichak tizimida yaxshi so‘rilishini ta’minlash maqsadida kalsiy va D vitamini mavjud preparatlar (kalsiy-Dz nikomed, kalsiy-Dz nikomed forte, vitrum kalsium+Dz) tavsiya etiladi. Kalsiy (vitakalsin, kalsiy karbonat, sitrat, trifosfat) va vitamin D (xolekalsiferol, ergokalsiferol) preparatlarini birgalikda qo‘llash xam yaxshi samara beradi. Kalsiy va D vitaminining optimal bir kecha-kunduzlik dozasi o‘zaro 1500 mg i 800 ME miqdorida belgilangan.
Osteoporoz rivojlanishini to‘xtatish, yiqilish va suyaklar sinishlarini oldini olishga qaratilgan patogenetik terapiya usullariga quyidagilar kiradi: ya’ni, ayollar jinsiy gormonlari (estrogen, estradiol) qo‘llash hamda biofosfonatlar (alendronat, rizedronat, zoledronat) ishlatish, kalsitonin (miakalsik) va osteogenon preparatlarini qo‘llash zarur.
Kam hollarda davo usuli sifatida estrogen retseptorlarini selektiv modulyatorlari (raloksifen) ham qo‘llaniladi. Yuqoridagi barcha terapevtik usullar suyak to‘qimasi mustahkamligini oshiradi. Suyak to‘qimasi hosil bo‘lishini ta’minlovchi usullar (masalan, natriy ftorid) kam samara berganiligi va toksik (zaharli) ta’siri inobatga olinib oxirgi yillarda kam qo‘llanilmokda.
Osteoporozning birlamchi profilaktikasi sog‘lom turmush tarziga qa’tiy amal qilish talab etadi. Shuningdek, bemorlar kalsiy va D vitaminini organizmga to‘liq tushishini ta’minlovchi mahsulotlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini ham iste’mol qilishlari hamda quyoshli kunlarda toza havoda tez-tez sayr qilishlari shart.
Abdurahmon ABDUG‘ANIYEV,
TTA davolash fakulteti VII bosqich talabasi